Mehnat muhofazasi tushunchasi va uni ta`minlashning huquqiy vositalari


Mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi



Yüklə 117,5 Kb.
səhifə2/8
tarix18.12.2023
ölçüsü117,5 Kb.
#184012
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi
yuzasidan xodimlar hamda ish beruvchilarning huquq
va majburiyatlari


O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 16-moddasida xavfsiz va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish xodimning asosiy huquqlaridan biri ekanligi belgilab qo`yilgan. Mehnat kodeksining 213-moddasiga ko`ra:
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o`tkazishda xodimni mehnat sharoitlari, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli to`g`risida, shu bilan bog`liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart.
Xodim ish jarayonida o`zining hayoti yoki sog`ligiga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelganda bu haqda ish beruvchini darhol xabardor qiladi. Agar bunday holatlar ish beruvchi tomonidan darhol bartaraf etilmasa, u holda xodim ish bajarishni rad etish huquqiga ega bo`ladi.
Ma`muriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini joriy etish va ishlab chiqarishda jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta`minlashi shart.
Xodimning salomatligi yoki hayotiga xavf tug`diruvchi vaziyat paydo bo`lganda, u bu haqda zudlik bilan ma`muriyatga xabar qiladi, bu hol nazorat organi tomonidan tasdiqlangan taqdirda ma`muriyat ishni to`xtatishi va xavfni bartaraf etish chorasini ko`rishi shart. Ma`muriyat tomonidan zarur choralar ko`rilmagan taqdirda, xodim ishni xavf bartaraf etilgunga qadar to`xtatib turishga haqlidir va unga hech qanday intizomiy jazo qo`llanilmaydi.
Ma`muriyat agar mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, xodimning hayoti va salomatligi uchun to`g`ridan-to`g`ri jiddiy xavf hamon saqlanib turgan bo`lsa, undan ishni qayta boshlashni talab qilishga haqli emas va xodimga ish to`xtatib turilgan butun davr uchun barcha moddiy ziyonni to`lashi shart.
Ma`muriyat mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunlarni buzgan va bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning arizasiga ko`ra, unga ishdan bo`shaganda beriladigan pul to`langani holda istalgan paytda bekor qilishi mumkin. Xodimda kasb kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda ma`muriyat tibbiy xulosa asosida unga ixtisosini o`zgartirgunga qadar o`rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa ishga o`tkazishi lozim.
Sog`ligi holatiga ko`ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta`siridan holi bo`lgan ishga o`tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatni cheklamay ana shunday ishlarga o`tkazishga majbur.
Sog`ligi holatiga ko`ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta`siridan holi bo`lgan kamroq haq to`lanadigan ishga o`tkazilganda xodimlarning shunday ishlarga o`tkazilgan kunidan boshlab, ikki hafta mobaynida avvalgi o`rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to`lanadigan boshqa ishga vaqtincha o`tkazilgan xodimlarga shu ishga o`tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo`lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo`yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo`shilganda xodimning avvalgi ishidagi to`liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to`lanadi. Basharti, kasallik varaqasida ko`rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo`lsa, u holda shuning oqibatida bekor o`tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to`lanadi.
Ish bilan bog`liq holda mehnatda mayib bo`lganligi yoki sog`ligiga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to`lanadigan ishga o`tkazilgan xodimlarga ularning sog`ligi shikastlanganligi uchun javobgar bo`lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi o`rtasidagi farqni to`laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to`lanadi.
Qonun hujjatlarida sog`ligi holatiga ko`ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta`sirini hal etadigan kamroq haq to`lanadigan ishga o`tkazilganda avvalgi o`rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqa to`lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Xodimlar huquqlar bilan bir qatorda majburiyatlarga ham egalar. Mehnat kodeksining 212-moddasida aytilishicha:
Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo`riqnomalariga, shuningdek ma`muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishiga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog`ligiga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog`liq holda sodir bo`lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida o`zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig`i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart.
Mehnat muhofazasiga oid qoida va standartlarga ko`ra muayyan ishni bajarishga xodimning qo`yilishi uchun u maxsus o`qitilishi va imtihon topshirishi lozimligi belgilab qo`yilgan bo`lsa, u holda ushbu ishlar xavfsizligi va ekspluatatsiya qoidalari yuzasidan o`qitilishi lozim. Xodimni bunday o`qitishdan bo`yin tovlashiga yo`l qo`yilmaydi.
«Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida»gi Qonunni 19-moddasida ko`rsatilganidek:
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o`z kasblari va ish turlari bo`yicha davlat nazorat idoralari belgilangan tartib va muddatlarda o`qishlari, yo`l-yo`riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o`tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o`tishlari shart.
Ma`muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o`tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o`rgatishni tashkil etishi, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko`rsatish bo`yicha yo`l-yo`riqlar berishlari shart.
O`ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo`yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o`tiladigan o`quv o`tkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha belgilangan tartibda o`qitish, yo`l-yo`riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o`tmagan shaxslarni ishga qo`yish taqiqlanadi. Ma`muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo`yicha malakasi muntazam oshirib borilishini ta`minlashi shart.
Korxonalarda mehnat muhofazasini ta`minlash va sog`lom, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda ish beruvchiga, uning vakili sanaluvchi korxona ma`muriyatining ahamiyati katta. Amaldagi qonunchilik ish beruvchi (ma`muriyat)ning bu sohadagi huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutadi.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo`lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun javobgardir.
Standartlar, ergonomika, mehnatni muhofaza qilishga doir qoidalar va me`yorlar talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish hamda qayta qurish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta`mirlash, texnologiyalarni joriy etishga shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini joriy etishga yo`l qo`yilmaydi.
Hech bir yangi yoki qayta qurilayotgan korxona, ishlab chiqarish vositalari, agar ular O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan xavfsizlik shahodatnomasiga ega bo`lmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas.
Belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilishi lozim bo`lgan korxonalar O`zbekiston Republikasining tegishli nazorat idoralari beradigan faoliyatni amalga oshirish huquqini ta`minlovchi ruxsatnomani oldindan taqdim etishlari shart. Korxonaning ko`rsatilgan ruxsatnomani olish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog`ligi hamda hayotiga xavf tug`diruvchi korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirulgunga qadar, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan to`xtatib qo`yilishi kerak.
Yo`l qo`yiladigan eng ko`p me`yorlar (konsentratsiyasi) ishlab chiqarilmagan va belgilangan tartibda ekspertizadan o`tmagan zaharli moddalarni ishlab chiqarishda qo`llash taqiqlanadi. Mehnat kodeksining 214-moddasida aytilganidek:
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog`ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishni tashkil qilishi shart:
o`n sakkiz yoshga to`lmaganlar;
oltmish yoshga to`lgan erkaklar, ellik besh yoshga to`lgan ayollar;
nogironlar;
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog`liq ishlarda band bo`lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo`lganlar;
umumta`lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta`lim yoki tarbiya berish bilan mashg`ul bo`lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko`rikdan o`tilishi lozim bo`lgan boshqa ishlarning ro`yxati va ularni o`tkazish tartibi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan beligilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan xodimlar tibbiy ko`rikdan o`tishidan bo`yin tovlashga haqli emaslar. Ish beruvchi tibbiy ko`rikdan o`tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarni bajarishdan bosh tortgan xodimlarni ishga qo`ymaslikka haqlidir.
Xodimlar mehnatidan ularning sog`ligi holatiga to`g`ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo`l qo`yilmaydi. Agar xodim o`z sog`ligining holati mehnat sharoiti bilan bog`liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko`rikdan o`tkazishni talab qilishga haqlidir. Tibbiy ko`rikdan o`tishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo`lmaydilar.
Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini o`tkazish uchun belgilangan tartibda mablag`lar va zarur materiallar ajratiladi. Bu mablag` va materiallarni boshqa maqsadga sarflash man etiladi. Mazkur mablag` va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo`lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o`rtasidagi kelishuv aosida belgilanadi. Mehnat jamoalari, ularning vakillik organlari mehnatni muhofaza qilishga mo`ljallangan mablag`lardan foydalanilishini tekshirib boradilar.
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo`lgan xodimlar belgilangan me`yorlar bo`yicha:
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
gazli sho`r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
maxsus kiyim-bosh, poyafzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta`minlanadilar.
Bunday ishlarning beriladigan ro`yxati, beriladigan narsalarning me`yorlari, ta`minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida, agar ular tuzilmagan bo`lsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
«Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida»gi Qonunning 15-moddasi ish beruvchi zimmasiga xodimlarni qonunlarda belgilangan tartibda va shartlarda kasb kasalliklaridan hamda baxtsiz hodisalardan majburiy sug`urta qilishlari lozimligi majburiyatini yuklaydi. Mehnat muhofazasiga oid munosabatlar kasaba uyushmalari, xodimlarning boshqa vakillik organliri, ish beruvchilar vakillari, mahalliy va boshqa davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari ham faol ishtirok etadilar.
Amaldagi qonunchilikka ko`ra («Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida»gi Qonunning 3-moddasi) mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan korxonalar va obyektlar loyihalanishi, qurilishi va ishga tushirilishi taqiqlanadi.
Korxonalarda mehnat muhofazasiga oid standartlar, yo`riqnomalar va qoidalar amal qiladi. Ular korxonani loyixalashtirilishdan boshlab bevosita ishlab chiqarish jarayonlarigacha bo`lgan barcha bosqichlarni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me`yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo`li bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta`minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta`minlaydilar.
Korxonalarning bevosita o`zida ish beruvchi va xodimlar vakillik organlari o`zaro kelishib mehnat muhofazasi, ekspluatatsiya qoidalari va ishlab chiqarish xavfsizligini ta`minlashga oid boshqa lokal xarakterdagi korxona me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadilar va joriy etadilar.
Ishlab chiqarishning zararli ta`siri zamonaviy fan va texnika yutuqlari bilan bartaraf etib bo`lmaydigan hollarda xodimlar hayoti hamda salomatligini issiq yoki sovuq harorat, kimyoviy, fizik yoki boshqa zararli ta`sirlardan himoya qilishning maxsus choralari belgilanadi. Ana shunday ishlarni bajarishning maxsus qoidalari joriy etilishi, xodimlar maxsus kiyim, poyafzal va yakka himoyalanish vositalari bilan ta`minlanishi ana shunday choralardan hisoblanadi.

Yüklə 117,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin