Mehnat muhofazasi tushunchasi va uni ta`minlashning huquqiy vositalari


Mehnat qobiliyati pasaygan va nogiron shaxslar mehnatini muhofaza qilish



Yüklə 117,5 Kb.
səhifə7/8
tarix18.12.2023
ölçüsü117,5 Kb.
#184012
1   2   3   4   5   6   7   8
Mehnat qobiliyati pasaygan va nogiron shaxslar mehnatini muhofaza qilish

O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi nogironlar, qariyalar va mehnat qobiliyati pasaygan shaxslarni qo`llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Ana shu maqsadda ushbu toifadagi fuqarolar uchun bir qator yangilik va imtiyozlar nazarda tutilgan.


Jumladan, Mehnat kodeksining 220-moddasida aytilishiga ko`ra:
Ish beruvchi, mehnat birjasi tomonidan belgilangan kvota hisobidan ishga joylashtirish tartibida yo`llagan nogironlarni ish joylariga qabul qilishga majburdir.
TMEKning nogironlarga to`liqsiz ish vaqti rejimi o`rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalari ish beruvchi tomonidan bajarilishi shart.
I va II guruh nogironlariga mehnatga haq to`lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o`ttiz olti soatdan oshmagan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironlariga o`ttiz kalendar kundan kam bo`lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta`til beriladi.
Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo`lsa, yo`l qo`yiladi.
Bulardan tashqari, bunday toifadagi xodimlarga Mehnat kodeksining 150-moddasiga muvofiq ish haqi saqlanmagan holda ta`til berish ko`zda tutilgan. Unga ko`ra 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga, ishlayotgan I va II guruh nogironlariga har yili o`n to`rt kalendar kunga qadar ish haqi saqlanmagan holda ta`til berish belgilangan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat pensiyasi to`g`risidagi Qonunida ishlab turgan pensionerlarga ham ellik foizi (qonun hujjatlarida bevosita ko`rsatib qo`yilgan hollarda yuz foizi) to`lanishi ko`rsatib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 25 yanvardagi, 881-tartib raqami bilan davlat ro`yxatiga olingan «OIV (OIT) SVICH (Spid) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi taqiqlangan ishlar ro`yxati va kasb turlari to`g`risidagi qarorga muvofiq ushbu kasallikka chalingan shaxslarni va ular bilan ishlab chiqarish tufayli muloqotda bo`lishi mumkin bo`lgan shaxslarni himoya qilish maqsadini ko`zlaydi».



Yüklə 117,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin