Mehnat muhofazasi tushunchasi va uni ta`minlashning huquqiy vositalari


Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni



Yüklə 117,5 Kb.
səhifə8/8
tarix18.12.2023
ölçüsü117,5 Kb.
#184012
1   2   3   4   5   6   7   8
4.Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni
tekshirish va hisobga olib borish

Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar yuz berishi sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish, shuningdek mehnat muhofazasi qoidalari buzilishi tufayli mehnat qobiliyatini yo`qotgan yoki kamaygan xodimlar huquq va manfaatlarini ta`minlash maqsadida yuz bergan baxtsiz hodisalarni o`z vaqtida, obyektiv va har tomonlama tekshirish, hisobga olib borish tartibi belgilab qo`yilgan.


Mehnat kodeksining 222-moddasida aytilganidek:
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o`z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart.
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e`tiboran uzog`i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to`g`risida dalolatnoma berishi shart.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 1997-yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to`g`risida»gi Nizom tasdiqlangan1.
O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolarda mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan xodimlar sog`ligiga shikast yetishi bilan bog`liq zararlanishlar, hodisalar ushbu nizom asosida tekshirish o`tkazilishiga sabab bo`ladi.
Korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda yuz bergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish, cho`kish, elektr toki va yashin urishi, issiq va sovuq urishi, portlash, falokat, imorat va inshootlar buzilib ketishi, hayvonlar chaqishi, tishlashi, suzib olishi va hokazolar tekshiriladi hamda hisobga olinadi. Tabiiy o`lim, o`z-o`zini o`ldirish, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog`idagi shikastlanishi kabilar tekshirilmaydi va ishlab chiqarishda jarohatlanish hodisasi sifatida hisobga olinmaydi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yo`qolsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq uni boshqa yengilroq ishga o`tkazish lozim bo`lsa, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa maxsus akt – N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzish yo`li bilan rasmiylashtiriladi. Ish beruvchi tekshirish tugaganidan so`ng 3 sutkadan kechiktirmay jabr-anuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki jabrlanuvchi tushunadigan boshqa tilda dalolatnoma berishi shart.
Bir vaqtning o`zida ikki va undan ortiq xodim bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisa;
O`lim bilan tugagan baxtsiz hodisa;
Oqibati og`ir baxtsiz hodisalar maxsus tartibda tekshirilishi lozimligi belgilangan.
Bunday baxtsiz hodisalar to`g`risida ish beruvchi belgilab qo`yilgan sxemaga muvofiq darhol quyidagi organlarga xabar berishi shart:
a) davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
b) yuqori turuvchi xo`jalik organiga;
v) Qoraqalpog`iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyat (Toshkent shahar) mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash boshqarmasiga;
g) O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga;
d) «O`zsanoatkontexnazorat» agentligiga;
ye) viloyat, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga.
Guruhiy o`lim bilan tugagan va oqibati og`ir bo`lgan baxtsiz xodisalar viloyat (Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri) mehnat boshqarmasi buyrug`iga ko`ra tashkil etiladigan komissiya tomonidan tekshirilib, N-1 shaklidagi dalolatnoma tuziladi.
Yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli ikki-to`rt kishi vafot etganida O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrug`i bilan komissiya tashkil etiladi.
Besh va undan ortiq kishi o`limiga sabab bo`lgan baxtsiz hodisa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi. Maxsus tekshirish o`n besh kun ichida tamomlanishi va xodimga (uning vakiliga, qaramog`ida bo`lganlarga) tegishli hujjatlarni beradi.
Maxsus tekshirish materiallari tekshirish tugagach, 15 kun ichida prokuraturaga va boshqa tegishli organlarga taqdim etiladi. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisani tekshirish tartibini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar qilinadilar.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 1 fevraldagi 48-sonli qarori bilan «Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq holda jarohatlanish boshqacha shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan to`lash qoidalari» tasdiqlangan bo`lib, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar oqibatida xodimga yoki uning vorislariga qoplanadigan zarar miqdori, zararni qoplash shartlari va tartibi ushbu hujjatga binoan belgilab qo`yilgan1.
Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz xodisa to`g`risida tuzilgan N-1 shaklidagi dalolatnomalar maxsus jurnalga qayd etib boriladi, vaqtincha mehnatga yaroqsizlik yuzasidan ma`lumotlar statistik hisobotlarda aks ettiriladi. Baxtsiz hodisa sabablari, uning rasmiylashtirilishi yuzasidan xodim va ish beruvchi, xodim va komissiya o`rtasidagi ixtiloflar yuqori turuvchi organlar tomonidan, xodim da`vo arizasiga ko`ra sud tomonidan ko`rib hal etiladi.
Yüklə 117,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin