Mehnat va ish haqi hisobi


Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish



Yüklə 311,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.09.2023
ölçüsü311,84 Kb.
#151064
1   2   3   4   5   6   7
5 MAVZU Мехнат хаки

5.2. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish 

0‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat 


to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa 
shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, 0‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, 0‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va 
Jo‘qorg‘i Kengesi Qarorlari, 0‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Hukumatining 
qarorlari, 
davlat 
hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida 
qabul qiladigan qarorlardan iboratdir. Mulkchilikning barcha shaklidagi 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar 
ixtiyorida mehnat shartnomasi (shartnoma) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy 
shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va 
boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda 
teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib 
chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, 
e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlaming 
ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador 
bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har 
qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular 
kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni 
bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni to‘lash 
to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Majburiy mehnat, 
ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali 
(shu jumladan mehnat intizomini saqlas^i vositasi tariqasida) ish bajarishga 
majburlash taqiqlanadi.
Quyidagi ishlar, ya’ni:
-
harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida; 
(O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy 
xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasining to‘rtinchi qismi, 37- 
moddasi va 40moddasining beshinchi qismi.)


-
favqulodda holat yuz bergan
sharoitlarda;
(0‘zbekiston
Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 16, 24 
va 25-moddalari.)
-
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan; (0‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 42, 88, 155-moddalari va 13- 
bobi (“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati”)).
-
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan 
ishlar 

Yüklə 311,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin