Ishbay - progressiv shaklda mehnatga haq to‘lash belgilangan
normalar doirasida oddiy ishbay narxlarda hisob - kitob qilinadi, normadan
ortiqcha qismiga oshirilgan narxlarda hisob - kitob qilinadi. Masalan,
dastlabki normani 1-10% ga ortiqcha bajarilishi ishbay narxlar 20% ga
oshiriladi, ortiqcha bajarilish 10-30% ni tashkil etsa narxlar 30% ga oshiriladi
va h.k.
Akkord - barcha ishlami bajarish muddati va summasini
umumlashtirib ulami kompleks baholash. Jamoa ishbay shaklida butun
brigada ish haqi miqdori haqiqatda bajarilgan ishni hisobga olgan holda va
uning narxidan kelib chiqib aniqlanadi hamda har bir ishchiga to‘lov esa
butun brigada tomonidan yaratilgan mahsulot hajmi va umumiy ish hajmida
mehnatining miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi.33
Egri ishbay shakli odatda yordamchi ishlami bajaruvchi ishchilarning
ish haqi miqdorini hisoblashda qo‘llaniladi: ish natijalari asosiy ishlab
chiqarish mehnati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi texnologik uskunani
sozlovchi, ta’mirlovchi, yordamchi master va boshqalar.
Vaqtbay ish haqida ishchining ish haqi uning haqiqatda ishlagan vaqti
hamda lavozim okladi (tarif stavkasi)dan kelib chiqib belgilanadi.
Belgilangan oyda ish barcha ish kunlarida to‘liq ishlasa ish haqi to‘liq
to‘lanadi. Shuningdek mehnat haqi oyda to‘liq ishlagan kunlari uchun
mehnatga haq toMashning Yagona tarif setkasining 1-razryadidan kam
bodmasligi kerak. 0‘z navbatida, mehnatga haq toMashning vaqtbay shakli
oddiy-vaqtbay va vaqtbay-mukofot tizimlariga boMinadi.
Oddiy vaqtbay shaklida mehnat haqi hisobini yuritishda tarif stavkasi
yoki shtat jadvaliga asosan mansab maoshlari asos qilib olinadi. Oddiy
vaqtbay usuli ishchining bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. Soatbay
va kunbay mehnat haqi shakllarini vaqtbay tizimning turli xil ko‘rinishi
sifatida farqlashadi. Ish haqi miqdori soatbay (kunbay) mehnat haqi
stavkasini haqiqatda ishlagan soatlarga (kunlarga) ko‘paytirish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Mehnatga haq to‘lashning