Mehnat va ish haqi hisobi



Yüklə 311,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix30.09.2023
ölçüsü311,84 Kb.
#151064
  1   2   3   4   5   6   7
5 MAVZU Мехнат хаки



MAVZU: “MEHNAT VA ISH HAQI HISOBI” 
 
Maqsad:
Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari,
mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish
 
mehnat haqi hisoblashni 
hujjatlashtirishni talabalarga o’rgatish.
 
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya 
Vazirligining
2002
y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 
1996 y. 30 avgust.
3.
Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 
1974 g. 
Ishning mazmuni: 
5.1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari

Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol 


qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi- soatlar bilan 
o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan 
mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarflangan 
mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni tatbiq qiladigan 
o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.
Ishlab chiqarish faoliyatida markaziy o‘rinni mehnat va uning natijalari 
egallaydi, chunki uning yordami bilan mahsulot yaratiladi. Bu holat mehnat 
munosabatlarini belgilaydiki, hech bir korxona kerakli miqdordagi va 
tasnifdagi mehnat resurslarisiz o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Mehnat 
resurslari esa ishlaganliklari uchun mehnat haqi bilan ta’minlanadilar.
Mehnat haqi - bu mehnatning bahosi yoki narxidir. Uning miqdori va 
dinamikasi bozor omillariga, birinchi navbatda esa unga bo‘lgan talab va 
taklifga bog‘liq.
Mehnat haqi - bu tovaming puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki “ishchi 
kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda bozor 
omillari - talab va taklif, ya’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi kuchi narxi 
va ish haqi o‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy narxidan oshishi 
yoki kamayishi mumkin).
Mehnat haqi - bu jamiyat koMamida milliy daromadning ishchilar va 
xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq 
taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan 
qismidir.
0‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi 
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan. Unga 


ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat 
sharoitlarida ishlab va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
himoyalanish huquqiga egadir .
Mehnat haqining miqdorini belgilash ish beruvchi bilan xodim 
o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan 
belgilangan eng kam miqdordan oz boMishi mumkin emas va uning eng ko‘p 
miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ 
ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda 
xodimlar sonining o‘zgarishi ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash 
fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash 
fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar korxonaning har bir 
xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan korxonaning 
buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va uni haq to‘lashni hisobga 
olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:

ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hsoblash va uni 
belgilangan muddatlarda to‘lash;

soliqlar va boshqa ish haqidan ushlanmalar qo‘shilgan holda korxona 
xodimlari bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob - kitoblami o‘z vaqtida 
o‘rnatilgan muddatlarda olib borish;

hisoblangan mehnat haqi summasini va ijtimoiy sug‘urta fondlariga 
ajratmalar summasini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida 
o‘tkazish;

operativ boshqarish va zaruriy hisobotlami tuzish hamda ijtimoiy sug‘urta 
fondlari bilan hisob - kitob qilish maqsadida mehnat va unga haq to‘lash 
ko‘rsatkichlarini tezkor yig‘ish va guruhlash;

ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlami, shuningdek, korxonaga 
yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar 
foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazish;

xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlash;

ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish;

sarflangan mehnat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda 
o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish;

hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash;

ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalda qoilash;

mehnatga haq toiash fondini to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish. 
Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy- joy va 
kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari 
hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.


Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: - ishchilar; - xizmatchilar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni 
ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita 
band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi. 
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini 
olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, 
nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.

Yüklə 311,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin