Mehnat va uni o’qitish metodikasi uquv qullanma lotincha


Ko’p rangi applikatsiyalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/62
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#113396
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
mehnat va uni oqitish metodikasi

Ko’p rangi applikatsiyalar. Ko’p rangi applikatsiyalarni qirqish 
ancha murakkab ish bo’lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. Bu 
turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. Fon 
ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo’lishi kerak. Ana shunda predmet 
xuddi bo’rtib turgandek yorqin ko’rinadi. Hammasi o’ylagan asarga bog’liq. 
Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, detallarninig 
tabiiy joylashishi va o’lchamlarining uyg’unligiga ehtibor berish kerak. Bu 
ishlarning bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan
belgilamay qirqiladi, ayrim detallar esa belgilangan eskizlar bo’yicha qirqiladi. 
Ko’p rangli applikattsiyalardan biri dekorativ applikattsiyalardir. 
Dekorativ applikatsiya - naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida 
tasvirlangan hodisa harakatlar uyg’unligini aks ettiruvchi manzaralardan 
iborat bo’lishi mumkin. 
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa 
materillardan olishlari, ayrim elementlarni qo’lda yaratishlari mumkin. SHarq 
naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ
applikatsiya bir va ko’p rangli bo’lishi mumkin. 
Badiiy applikatsiyalar. Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatga 
emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat tahlimi darslarida 
applikatsiya ishlarini bajarilish texnikasi o’rganiladi. 
Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini o’quvchilar turli 
bayramlarga bag’ishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yo’l 
belgilari) ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. 
Quticha ochiq tondagi qog’oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan 
asarning yaratilishi va elementlar miqdori qog’ozni tanlashni belgilaydi. Asarni 
yaratish ustida ishlagan asosiy ehtibor tanlangan mavzuning mazmuniga, 
kerakli materiallar, ularning o’lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. Asar 
xajmiga kura eng katta detal mavzuli detal bulishi kerak. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin