МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК 39
Kreativ qobiliyatni o‘stirishga qaratilgan faoliyat (idrok qilish, axborot materiallarini
ijodiy tayyorlash, ularning turli o‘quv auditoriyalarida ijtimoiylashtirilishi) o‘quvchilar uchun
qiziqarli bo‘lib, ularning ehtiyojlariga mos keladigan, ahamiyatli, zarur o‘quv faoliyati
hisoblandi. Bunday faoliyat, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarini o‘ziga jalb qiladi. Hozirgi
zamon standartlarini amalga tadbiq etish o‘qituvchidan nafaqat yuqori malakani va doimiy
kasbiy rivojlanishni, balki o‘z ishiga kreativ yondashishni talab etadi. O‘qituvchining
kreativligi o‘z tajribasini qayta ko‘rib chiqishi va yaxshilashi hammaga ma’lum narsalarni
o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana olishi, sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta
ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Kreativlik
tushunchasi(lot., ing. ”create”-yaratish, ”creative”yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima
qilinganda ijod ma’nosini anglatadi. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy
yondashish, o‘ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon
psixologiya va pedagogika lug‘atlariga asoslanib o‘qituvchining kreativligi deb uning
fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish
darajasi deb ta’riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab
chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi.
Bugungi kunda shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim asosida o‘quvchilarning kreativ
qobiliyatlarini rivojlantirish g‘oyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kreativlik darslarida
pedagoglardan ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topish (o‘ziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab
chiqish); yoki boshqa g‘oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog‘liqlikni topish
(moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko‘nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim asosida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan Patti Drepeau nazariyasida shaxsda kreativlik sifatlarini
muvaffaqiyatli rivojlantirishning to‘rtta yo‘li ko‘rsatilgan:
Kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish;
Amaliy kreativ harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish
Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish;
Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish.
Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa
o‘qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi. Inson
qanchalik ijodiy muhitda, kreativ fikrlovchi insonlar bilan ko‘proq munosabatga kirishadigan
bo‘lsa, o‘zida shunchalik yangicha bilimlarni, o‘zini yangidan kashf etuvchi kreativ qobiliyati
namoyon bo‘ladi.
Kreativlik yuqumli xususiyatga egadir; kreativ bo‘lish uchun kishi ko‘proq kreativ
insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo‘lishi lozim. Har qanday ko‘nikmani
shakllantirish mumkin bo‘lganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko‘nikmasini ham
rivojlantirish mumkin. Bu pedagoglarga nihoyatda taalluqli
bo‘lib, kreativlik ustida ishlash pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi.
Biroq, pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo‘lishga undash o‘qituvchining qay darajada
malakali ekanligiga bo‘liq. Murakkab va kutilmagan vaziyatlardan ham uyushqoqlik bilan,
yangicha mulohazalar bilan muammolarni bartaraf etishi lozim. Kreativlik bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlar va kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda qo‘llanma sifatida xizmat
qiladi. Bu auditoriyadagi muhit, pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi, o‘qituvchining
yondashuv va strategiyalari elementlarini o‘z ichiga oladi