Menejer tushunchasi: shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari.
Menejer — boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma’lum turlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega bo‘lgan kishidir/ ular quyidagi vazifalarni bajaradi: — tashkilotdagi alohida operatsiyalar o'rtasidagi aloqalarni o‘rnatadilar; — tashkilot tomonidan o‘zining asosiy vazifasi bajarilishini ta’minlaydilar; — tashkilot yoki bolinma jamoasiga rahbarlik qiladilar;//
Menejer va yetakchi.
Yetakchi ko'pincha rahbar bo'ladi, ammo uning harakatlari odatdagi menejer — ma’murdan boshqacharoq. U boshqar- maydi, buyruq bermaydi, balki boshqalarga yetakchilik qiladi. Ular unga nisbatan tobe emas, balki ergashuvchilardir.// Menejerning yetakchidan farqi Menejer Yetakchi Buyruq beradi Ilhomlantiradi Boshqalarning maqsadlari va ko‘rsatmalari bo‘yicha ishlaydi Shaxsiy maqsadlari bo‘yicha ishlaydi Harakatlari asosida hisob-kitob, reja yotadi Harakatlari asosida ko‘ra bilish, intuitsiya yotadi
Yetakchining an’anaviy kontsepsiyasi.
etakchilik hodisasining deyarli yuz yillik tadqiqotlari konsepsiyalarning katta miqdorini bergan. Bu hammadan avval yetakchining an’anaviy konsepsiyasi. Dastlabki tadqiqotlar yetakchi muqarrar ravishda ma’lum sifatlarga ega bolishini ko‘zda tutganlar, keyingilar yetakchi xulq namunalarini aniqlash tomoniga siljiganlar.
Menejerning yetakchidan farqi. Yetakchilik sifatlari nazariyasi.
Yetakchilik sifatlari nazariyasi. Bu yetakchilikni o‘rganishdagi
eng dastlabki yondashuvdir. Tadqiqotchilar yetakchilar egalik qilgan sifatlarni aniqlashga harakat qilganlar. Ular, yetakchilar ularning boshqalardan ajratib turuvchi barqaror sifatlarining noyob
majmuasiga egalar deb hisoblaganlar./ Yetakchi bo‘lish mumkin emas, yetakchi bolib tuglladi, deb hisoblaganlar. Keyingi izlanish yetakchilik sifatlarining to‘rtta guruhlarga ajratishga olib kelgan: fiziologik, psixologik (tuyg‘uli), aqliy, shaxsiy ishga doir.
Dostları ilə paylaş: |