88. Ma’suliyati cheklangan jamiyatlar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat — bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum ulushlarda taqsimlangan. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar ko‘rish xatariga ega bo‘ladilar.Jamiyatning to‘liq bo'lmagan mablag‘larini kiritgan ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha ishtirokchilardan har biri ulushining to‘lanmagan qismi qiymati doirasida birgalikda javob-garlikka egalar.Mas’uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomi va «mas’uliyati cheklangan» so‘ziga ega bolishi kerak.
89. Aktsiyadorlik (hissadorlik) jamiyati.Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aksiyalarning ma’lum soniga taqsimlangan jamiyat. Aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlar) uning majburiyati bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar ko‘rish xatariga egalar.Aksiyalarga toliq haq tolamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bolgan aksiyalarning haq tolanmagan qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar.Jamiyatning firma nomida uning nizomi va aksiyadorlik jamiyat ekanligi ko‘rsatilishi lozim.Ishtirokchilar o‘zlariga tegishli bolgan aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz tortib olishlari mumkin bolgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb ataladi. Bunday .jamiyat o‘zi tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq obunani o‘tkazishi va ularni qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilangan shartlarda erkin sotishi mumkin.
90. Davlat unitary korxonalari. Davlat unitar korxonalari. Unitar korxona deb, davlat mulki bolgan va korxonaga xo‘jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida tegishli bolgan, o‘ziga biriktirilgan mulkka hamda mulkchilik huquqiga ega bolmagan tijorat tashkiloti tan olinadi.Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasining ko‘rsatilishiga ega bolishi kerak.Unitar korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha tegishli mulki bilan javob beradi va o‘zining mulk egasi majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikka ega bolmaydi.Xo‘jalik faoliyatini olib borish huquqiga asoslangan unitar korxona buning uchun vakolat berilgan davlat idorasi yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idorasining qarori bo‘yicha tashkil etiladi.