91. Notijorat tashkilotlar.Notijorat muassasalar (NTM) — iqtisodiy faoliyatning foyda olish maqsadini ko‘zlamasdan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashkil etiladigan subyektlaridir. NTM faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar.
— korporativ korxonalar, davlat boshqaruvi idoralari (DBI),
xususiy shaxslarga jamoaviy xizmat ko‘rsatish;
— aholining ma’lum qatlamlarini ijtimoiy himoyalash.
NTM turli institutsional birliklar (korporativ korxonalar, DBI tomonidan tashkil qilinishi mumkin.a) bozor NTM — o‘z xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydilar. Ular bozor xizmatlarini ishlab chiqaradilarb) nobozor NTM — moliyalashtirishning boshqa manbalariga mo‘ljallangan (badallar, xayriyalar, budjetdan moliyalashtirish).
93. Tadbirkorlik uyushmalari.Tadbirkorlar uyushmasi turli o'lchamlar va mulkchilik shakllaridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil qilinadi. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma bo‘lib, unga kiruvchi tashkilotlarga o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi hamkorlarni jalb qilish, hatto bir-birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.Ayniqsa ma’lum hududlarda klasterga (inglizchadan tarjima qilinganda - bu guruh, to‘planish, jamlanish) birlashgan kompaniyalarning tadbirkorlik uyushmalari katta foyda beradi, ular bu kompaniyalarga u yoki bu raqobat afzaliklarini beradi (masalan, kerakli axborotlar, aloqa va telekommunikatsiya vositalari, jihozlangan ishlab chiqarish maydonchalari va h.k.). Buning uchun shaharlar yoki boshqa ma’muriy-hududiy birliklarda joylashgan yirik sanoat hududlari va mamlakat hududini qayta tashkil etilishi munosabati bilan mavjud bo‘sh quvvatlardan foydalanish mumkin.
94. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar.Keyingi yillarda tashkilotlarning faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendensiyalari kuzatilmoqda.Ularda eng muhimi — iyerarxiya ahamiyatining tubdan pasayishi, qat’iy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta’riflanuvchi yumshoqroq, o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o‘tishdir. 0 ‘zini o‘zitashkil etishning hududiy, gorizontal tizimi, o‘z o‘zini rivojlantirish va o‘z o‘zini boshqarish, shunga ko‘ra gorizontal bo‘yicha menejmentning ustuvorligi mavjuddir.Keyingi yillarda tashkilotlarning o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi lizimlar sifatidagi chegaralari shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarni amalda aniqlash mumkin bolmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronologik nomutanosibligini yaratadi, chunki resurslar tizimning ichiga va tashqarisiga oqadilar va shu bilan tizim tebranishini muvozanatdan chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |