Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari


Menejer tushunchasi: shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari



Yüklə 122,99 Kb.
səhifə30/49
tarix20.11.2023
ölçüsü122,99 Kb.
#163264
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari-fayllar.org

101. Menejer tushunchasi: shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari. Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi. Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer:  rahbar-boshqaruvchi;  rahbar-diplomat;  rahbar-murabbiy, tarbiyachi;  rahbar-inson;  rahbar-tadbirkor;  rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi.
102. Korxona menejerlarining darajalari (bo‘linma)ning rahbari sanaladi. Menejerlarni an’anaviy ravishda uchta darajaga: quyi, o‘rta, yuqoriga ajratadilar (6.1-rasm). Quyi darajadagi menejerlar (kichik boshliqlar) bevosita ishchilar va boshqa xodimlarga (boshqaruvchilarga emas) rahbarlik qiladilar. Ularning zo‘raki ishi bitta vazifadan boshqasiga tez-tez o‘tish bilan ta’riflanadi. Qarorlarni amalga oshirish uchun vaqtli davr g‘oyatda qisqadir. 0 ‘rtacha darajadagi menejerlar kichik boshliqlarning ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Ular odatda tashkilotdagi yirik bo‘linmalarni boshqaradi va yuqori hamda quyi darajalardagi rahbarlar o‘rtasidagi o‘ziga xos bufer bo‘ladilar. Yuqori darajadagi menejerlar umuman tashkilot uchun qarorlar qabul qilishga mas’uldirlar. Ularning ishi aniq yakunlanishga ega emas, ya’ni yuqori tavakkalchilikka ega. Bu bo‘g‘in menejerlari boshqa bo‘g‘inlar menejerlariga qaraganda ancha kamroq. Ularning mehnati yuqori baholanadi, qoidaga ko‘ra yaxshi haq tolanadi.
103. Menejer va yetakchi. Menejer yana yetakchilik sifatini egallashi maqsadga
muvofiqdir. Yetakchi ko'pincha rahbar bo'ladi, ammo uning harakatlari odatdagi menejer — ma’murdan boshqacharoq. U boshqar214 maydi, buyruq bermaydi, balki boshqalarga yetakchilik qiladi. Ular unga nisbatan tobe emas, balki ergashuvchilardir. Rahbar uchun lavozim rasman jamoaning yetakchisi bo‘lish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratadi, ammo u avtomatik ravishda shunday qilmaydi, tashkilotda birinchi shaxs bo‘lish, ammo haqiqiy yetakchi bolmasligi mumkin, chunki u buyruq bilan tasdiqlanishi emas, balki atrofidagilar tomonidan ularning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qodir yagona kishi sifatida psixologik tan olinishi kerak. Buning uchun yetakchilik o‘rniga da’vogarlik qiluvchi kishi kelgusini va unga qarab harakatlanish yo‘llarini aniq ko‘ra olishni bilishi kerak. Yetakchilar rasmiy menejerlardan nima bilan farqlanadilar? Menejerlar qoidaga ko‘ra, boshqa kishilar tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga qanday, qaysi usullar bilan erishish kerakligini belgilaydilar, qo‘li ostidagilarning ishini rejalarga muvofiq tashkil qiladilar va yo‘naltiradilar, ammo bunda passiv o‘rin egallaydilar. 0 ‘zlarining atrofdagilar bilan o‘zaro hamkorliklarini huquq va majburyatlarini aniq tartibga solinishi asosida quradilar. Yetakchilar esa qanday maqsadlarga intilish kerakligini mustaqil ravishda, ortiqcha tafsilotlarni surishtirmasdan belgilaydilar


Yüklə 122,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin