Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari


Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish qurollari



Yüklə 122,99 Kb.
səhifə38/49
tarix20.11.2023
ölçüsü122,99 Kb.
#163264
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari-fayllar.org

122. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish qurollari.
Menejer ishini rejalashtirish va tashkil etishda maxsus qurollardan foydalaniladi. Vaqtning kundaligi — ishni boshqarishning uni soatlar bo‘yicha bajarilishini rejalashtirish, umumiy maqsadning bir qismi sifatida kundalik vazifalarni belgilash va ulardan eng muhimlarini ajratishga imkon beruvchi vositadir. Kundalik maxsus papka — tez taqqichdan tashkil topadi, unga foydalanuvchining istagi bo‘yicha maxsus varaqchalar, grafiklar, jadvallar va moliyaviy hisobotlar solib qo‘yilishi mumkin. Varaqachalarda yillik rejalar (uzoq muddatli rejalar haftalar bo‘yicha kiritilgan kataklarga ajratilgan setka) va barcha ishlar yarim soatgacha aniqlik bilan taqsimlangan kunlik rejalar mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, kundalik dasturning har bir bandini kengroq vaqtli vazafalar bilan solishtirish mumkin. Avval tegishli kataklarni to‘ldirish va kerakli ishlarning ro‘yxatini tuzish uchun qat’iyat va intizom talab qiladi. Ammo bu ro‘yxatni tuzish, oldinda turgan vazifalar va faoliyat turlarini farqlash mehnatni tashkil etishni yaxshilash va vaqtdan foydalanishni oqilonalashtirishga yordam beradi

123. Jamoa tushunchasi, turlar, shakllanish bosqichlari.
Ishlab chiqarishning zamonaviy rivojlanganligi darajasi jamoaviy mehnatning zarurligini asoslab beradi, u o‘z navbatida, mehnat jamoasining mavjud bo'lishini belgilaydi. Tashkilotni samarali faoliyat yuritishi uchun mehnat jamoalarini faoliyat yuritishlari qonunlarini bilish va ulardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Rahbar mehnat jamoasini boshqara turib, unga ta’sir ko‘rsatadi, natijada qo‘li ostidagilarning holati va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o'zgaradi. Hukmronlik yordamida bitta shaxs boshqasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo'lgan aniq vositalar turli-tumandir: pichirlab aytilgan so‘rovdan ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitishgacha bo‘lishi mumkin. Bu ta’sir maqsadga yo‘naltirilgan, samarali bo‘lishi uchun rahbar hukmronlikni qo‘llashi kerak. tutadi. Mehnat jamoasi ostida birgalikdagi mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar birlashmasi tushuniladi Jamoalar faoliyatining samaradorligi quyidagi bir qator omillarga bog‘liqdir: — ishchi guruhlarning olchami va tarkibi; — guruhli me’yorlar; — odamlarning jipsligi; — nizolar darajasi; — guruh a’zolarining maqomi, vazifaviy rollari va boshqalar


Yüklə 122,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin