124. Ta’sir o’tkazish va hukumronlik.
Rahbar mehnat jamoasini boshqara turib, unga ta’sir ko‘rsatadi, natijada qo‘li ostidagilarning holati va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o'zgaradi. Hukmronlik yordamida bitta shaxs boshqasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo'lgan aniq vositalar turli-tumandir: pichirlab aytilgan so‘rovdan ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitishgacha bo‘lishi mumkin. Bu ta’sir maqsadga yo‘naltirilgan, samarali bo‘lishi uchun rahbar hukmronlikni qo‘llashi kerak. Hukmronlik — boshqa kishilar xulqiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatidir. Hukmronlik yakka shaxsga, guruhga va umuman tashkilotga tegishli bo‘lishi mumkin. Ta’sir ko‘rsatishning ijrochini faol hamkorlik qilishga undashi mumkin bo‘lgan ikkita shakli mavjud: ishontirish va ishtirok etish.
125. Mehnat jamoalarida nizolarni boshqarish.
Ko‘pincha mehnat jamoalarida u yoki bu nizoli vaziyatlar davriy ravishda vujudga keladi. Nizo — ikkita yoki ko‘proq tomonlar, ya’ni aniq shaxslar va guruhlar o‘rtasidagi haqiqiy kurashdir, bunda har bir tomon o‘zining nuqtayi nazari yoki maqsadini qabul qilinishiga va boshqa tomonni ushbu narsani qilishiga xalaqit berishga harakat qiladi.
126. Nizolarni kelib chiqish sabalari va vazifalari.
nizo bu hamma vaqt ham istalmagan hodisa, undan qochish va uni vujudga kelgan paytdayoq darhol hal qilish kerak. Haqiqatda esa nizolar tashkilot faoliyati samaradorligi oshishiga olib keluvchi vazifaviy yoki guruhli hamkorlik va ular faoliyat samaradorligini pasayishiga olib keluvchi disvazifaviy bo‘lishlari mumkin.salbiy nizolar- Nizoda ishtirok etishga katta moddiy, ruhiy xarajatlar. Xodimlarning ishdan bo‘shatilishi, intizom pasayishi, jamoadagi ijtimoiy-ruhiy muhitning yomonlashu. Mag‘lub guruhlar haqida dushmanlar haqidagi kabi tasavvur. Ishga ziyon yetkazgan holda nizoni o'zaro hamkorlik jarayoniga g‘oyatda berilib ketishi. Nizo tugagandan keyin ishtirokchilar o‘rtasidagi hamkorlikning kamayishi yoki tugashi. Ishga doir nizolarning qiyinchilik bilan tiklanishi