114. Ishbilarmonlik etikasi. Nutq madaniyati. Ishbilarmonlik etikasi — yaxshilik va yomonlik, ma’naviylik va axloqiylik, insonni jamiyatdagi ma’lum o‘rni, hayoti va faoliyatining ma’nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson xulqining ta’limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o‘z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo‘yilgan maqsadlariga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi. Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyatining xili va uning alohida turlaridan qat’i nazar, ishbilarmonlik etikasi, ya’ni milliy etnik an’analari va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi kerak. Nutq madaniyati - kishining o‘qimishliligi, tarbiyaliligi va umumiy madaniyatining ko‘rsatkichlaridan biridir. Firmaning muvaffaqiyatli faoliyati, uning imidji ma’lum darajada uning rahbarlari va xodimlari qanchalik to‘g‘ri tilda so‘zlashishlariga, ular yozishmani qanchalik savodli va adabiy tilda olib borishlariga bog‘liqdir. Inson nutq madaniyatining umumiy alomatlari mavjud: nutqning to‘g‘riligi; tilning boyligi (o‘ziga xosligi); qisqalik; ravshanlik va aniqlik; jo‘shqinlik.
115. Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari.
Shu munosabat bilan xorijiy hamkorlar bilan barqaror ishga doir aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun nafaqat yuqorida keltirilgan ishbilarmonlik etiketining oddiy qoidalariga rioya qilish, balki o‘zini aloqa o'rnatilayotgan mamlakatning odoblariga muvofiq tutish zarur AQSHda e’tiborni hamkorning maqsadlariga va sizning bu maqsadlarga erishishdagi yordamingizga qaratish tavsiya etiladi. Amerikacha biznesning umumiy tamoyili foyda olishdir. Sizning birgalikdagi harakatlaringizning maqsadi yaqin va uzoq bo‘lishi mumkin. Agar sizning takliflaringiz muhim maqsadga erishishga yordam bersa, unda ular amerikalik hamkorni albatta qiziqtiradi. Ammo bu takliflar faqat haqiqiy bolishi kerak. Amerikalik hamkorni qidirishda, sizning fikringizcha, ular bilan ishlash foydali bolgan 10—15 firmani tanlab oling. Katta va mashhur firmalarni tanlashga harakat qilmang, chunki ular odatda ko‘pgina xuddi shunday takliflarga ega boladilar va siznikini nazarga olmasliklari mumkin. 0 ‘zingizning faraz qilayotgan sherigingiz haqida iloji boricha ko‘proq ikkinchi darajali axborotlarni xabar qiling