Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari-fayllar.org
107. Menejerning ish uslubi. Boshqaruv uslubi — rahbar tomonidan foydalaniladigan masalalarni yechishning xarakterli va barqaror usullari majmuasi, uning qo‘l ostidagilarga nisbatan holati. Boshqaruv uslubi jamoa va umuman korxona (tashkilot) faoliyatining samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Haqiqiy sharoitdagi boshqaruvning aniq 225 uslubi obyektiv va subyektiv xarakterdagi quyidagi omillarni belgilab beradi: — jamoaning vazifa va xizmatlari; — jamoaning ish sharoitlari; — jamoaning o‘lchamlari va tuzilishi; — rahbarning shaxsiy sifatlari va tajribasi; — menejerning kasbiy mahorati; — mehnat jamoasi a’zolarining kasbiy tayyorgarlik darajasi va ongliligi; — mehnat jamoasining yetukligi va birlashganligi darajasi va boshqalar. Rahbarlik uslublarining kengligi to‘liq demokratiyadan to mutlaq avtokratiyagacha yoyilib ketadi. Ruhshunoslar va sotsiologlar tomonidan o'tkazilgan rahbarlarning har xil turlari va ular faoliyati samaradorligining tadqiqotlari rahbarlikning uchta eng ko‘p uchraydigan uslublar: avtoritar yoki avtokratik, demokratik va liberalni ajratishga imkon bergan, ammo amalda mutlaq u yoki bu uslubga rioya qiluvchi rahbarlar kamroq uchraydi. Rahbarning har bir uslublarining asosiy alomatlari 6.2-jadvalda berilgan. Avtoritar uslubdan foydalanishda avtokrat rahbar e’tirozlarga toqat qila olmaydi. U qo‘li ostidagilarga kamroq axborotlarni beradi. Hech kimga ishonmaydi va hech kimga o‘z niyatlarini oshkor qilmaydi. U o‘z harakatlari yo‘nalishini tez o‘zgartiradi. Qo'li ostidagilar bilan iltifotsiz, shoshilinch qarorlarga moyil. Unda fikrlarni payqab olishni biladiganlar eng yaxshi xodimlar hisoblanadi. Qo‘li ostidagilar barcha savollar bilan «boshliq»ga murojaat qiladilar. Avtokrat rahbarni oldindan bilib bo‘lmaydi. Hech kim u yoki bu hodisaga u qanday javob berishini ochiq-oydin bilmaydi. Rahbarlarning bunday uslubida ko‘pincha nizolar chiqadi. Avtokratning barcha masalalarda shaxsiy omilkorligiga da’volari tartibsizlikni keltirib chiqaradi va bu ishning samaradorligini pasaytiradi.