Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari


Rahbarlik uslublarining mazmuni



Yüklə 122,99 Kb.
səhifə33/49
tarix20.11.2023
ölçüsü122,99 Kb.
#163264
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari-fayllar.org

108.Rahbarlik uslublarining mazmuni.
Rahbarlik uslublarining kengligi to‘liq demokratiyadan to mutlaq avtokratiyagacha yoyilib ketadi. Ruhshunoslar va sotsiologlar tomonidan o'tkazilgan rahbarlarning har xil turlari va ular faoliyati samaradorligining tadqiqotlari rahbarlikning uchta eng ko‘p uchraydigan uslublar: avtoritar yoki avtokratik, demokratik va liberalni ajratishga imkon bergan, ammo amalda mutlaq u yoki bu uslubga rioya qiluvchi rahbarlar kamroq uchraydi. Rahbarning har bir uslublarining asosiy alomatlari 6.2-jadvalda berilgan. Avtoritar uslubdan foydalanishda avtokrat rahbar e’tirozlarga toqat qila olmaydi. U qo‘li ostidagilarga kamroq axborotlarni beradi. Hech kimga ishonmaydi va hech kimga o‘z niyatlarini oshkor qilmaydi. U o‘z harakatlari yo‘nalishini tez o‘zgartiradi. Qo'li ostidagilar bilan iltifotsiz, shoshilinch qarorlarga moyil. Unda fikrlarni payqab olishni biladiganlar eng yaxshi xodimlar hisoblanadi. Qo‘li ostidagilar barcha savollar bilan «boshliq»ga murojaat qiladilar. Avtokrat rahbarni oldindan bilib bo‘lmaydi. Hech kim u yoki bu hodisaga u qanday javob berishini ochiq-oydin bilmaydi. Rahbarlarning bunday uslubida ko‘pincha nizolar chiqadi. Avtokratning barcha masalalarda shaxsiy omilkorligiga da’volari tartibsizlikni keltirib chiqaradi va bu ishning samaradorligini pasaytiradi. 2

109. Rahbarlikning demokratik uslubi.
rahbar va qo‘li ostidagilarda ishonch va o‘zaro tushunish tuyg‘usi mavjud bolishini ko‘zda tutadi. Rahbar o‘zini guruhning bir a’zosi sifatida tutadi. Har bir xodim qo‘rqmasdan o‘z fikrini aytishi mumkin. Ko‘pgina muammolar jamoaviy hal qilinadi. Rahbar qoli ostidagilar bilan ko‘proq maslahatlashish, o‘zining afzalligini namoyon qilmaslik va tanqidga to‘g‘ri javob qaytarishga harakat qiladi. Qabul qilingan qarorlarning oqibati uchun javobgarlikni qoli ostidagilarga yuklamaydi. Xodimlarning fikrlariga quloq solishga intilishni, o‘zi buni tushunmasligidan emas, balki muhokama qilishda hamma vaqt ham ishlarning holatini yaxshilashga imkon beruvchi nozik tomonlar vujudga kelishi mumkinligi bilan izohlanadi. Bunday rahbar, agarda qoli ostidagilar uni bunga ishontirsa, murosaga kelish yoki qabul qilingan qarordan voz kechishni o‘ziga or deb hisoblamaydi. U muammoni hal qilish va bunda olingan foydalarni maqsadga muvofiqligini isbotlashga harakat qiladi. Nazoratni amalga oshirishda u yakuniy natijaga alohida e’tibor qaratadi. Bunday ahvol qoli ostidagilarda o‘zini ko'rsatishga sharoit yaratadi, ularda fikr yuritishning mustaqilligi rivojlanadi. Bu tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, maqsadga kamroq xarajatlar bilan erishishga imkon beradi


Yüklə 122,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin