Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari


Tashkilotlarni strategik boshqarish



Yüklə 122,99 Kb.
səhifə29/49
tarix20.11.2023
ölçüsü122,99 Kb.
#163264
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari-fayllar.org

96. Tashkilotlarni strategik boshqarish.Strategik boshqaruv — strategiyani, ya’ni tashkilot rivojlanishining asosiy yo‘nalishini sifatli ishlab chiqish va uning resurslarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, istiqboldagi raqobat afzalliklarini ta’minlash va maqsadlarga erishish uchun tashqi muhit o‘zgarishlariga mutanosib javob berish asosida amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir.Strategik boshqaruvni dinamik tizim, beshta o‘zaro boglangan boshqaruv jarayonlari majmuasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu jarayonlar mantiqan bir-birlaridan kelib chiqadilar (yoki keyin keladilar), bunda barqaror teskari aloqa va har bir jarayonni qolganlariga va ularning majmuasiga ta’siri mavjud boladi.Tashkilot a’zolari harakatini yo‘naltiruvchi ko‘zga ko‘rinmas dastaklarni o‘rnatuvchi tashkiliy madaniyat mohiyati bo‘yicha tashkilotning yuragi hisoblanadi. Bunday tashkilot tashqi ta’sirlarga javob berishi lozimligi, mumkinligi, tashkilotda o‘zini qanday tutish kerakligi, tashkilotni faoliyat yuritishining ma’nosi nimadan iboratligiga nisbatan barqaror me’yorlar, tasavvurlar, tamoyillar va ishonchlardan vujudga keladi. Strategiyani amalga oshirish bosqichida uning tashkiliy madaniyatini o‘zgartirish, uni tanlangan strategiyaga moslashtirishga asosiy harakatlarni yo‘naltirish kerak.
97. Strategik boshqaruv tuzilmasi.Strategik boshqaruv — strategiyani, ya’ni tashkilot rivojlanishining asosiy yo‘nalishini sifatli ishlab chiqish va uning resurslarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, istiqboldagi raqobat afzalliklarini ta’minlash va maqsadlarga erishish uchun tashqi muhit o‘zgarishlariga mutanosib javob berish asosida amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir. Strategik boshqaruvning dastlabki jarayoni tashkilot muhitini tahlil qilishdir. U quyidagilarni o‘rganishni ko‘zda tutadi:— makroatrofni (iqtisodiyot va siyosatning holati, huquqiy kenglik, tabiiy muhit va resurslar, jamiyatni ilmiy-texnik, ijtimoiy-madaniy rivojlanganligi darajasi va h.k.);- bevosita ishga doir muhitni (xaridorlar, raqiblar, yetkazib beruvchilar va h.k.);
98. Strategik maqsadlarni belgilash. Tashkilotlardagi maqsadlarni belgilashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: foydalilik, bozordagi holat, moliyaviy resurslar, unumdorlik, tashkilot quvvati, mahsulotni ishlab chiqarish, texnologiya, insoniy resurslar, xaridorlar bilan ishlash. Strategik maqsadlarga yana tashkilot o‘sishining g‘oyatda muhim maqsadlari kirishi mumkin, ular quyidagilardan iborat:— tez o‘sish maqsadi;— barqaror o‘sish maqsadi;— qisqartirish maqsadi.
Tashkilotlardagi maqsadlar ta’sir ko‘rsatish subyektlarining turli mafaatlarini hisobga olish bilan belgilanishi kerak. Bunda hal qiluvchi rol yuqori rahbarlikka tegishlidir. Maqsadlarni belgilashning bir necha usullari mavjud: markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan (pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga), aralash tartibi. U jarayon to‘rtta bosqichda amalga oshiriladi:
— atrofda kuzatiladigan tendensiyalarni tahlil qilish;— umuman tashkilotning maqsadlarini belgilash;— maqsadlar iyerarxiyasini qurish;— shaxsiy maqsadlarni belgilash.Maqsadlar tashkilot, uning bo‘linmalari va a’zolari uchun qonun mavqeyiga ega bolishi kerak, ammo ular o‘zgarishi ham mumkin.
100. Korxonada boshqaruvining samaradorligi.

Yüklə 122,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin