82. Boshqaruvning to’g’ri chiziqli – shtabli tuzilmasi.Boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli-shtabli tuzilmasida birinchi (to‘g‘ri chiziqli) rahbarga aniq masalalarni ishlab chiqish va tegishli qarorlar, rejalarni tayyorlashda shtablar deb atalgan vazifaviy bolimlardan tashkil topgan boshqaruvning maxsus apparati yordam beradi. Bunday bolinma o‘z qarorlarini rahbar orqali hal qiladi yoki (maxsus vakolatlar doirasida) ularni xizmat darajalari bo‘yicha quyida turuvchilar va ijrochilarga yetkazadi. Vazifaviy bolinmalar qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish (tijorat) bolimlariga mustaqil ravishda farmoyishlar berish huquqiga ega emaslar.
83. Boshqaruvning matritsa tuzilmasi.Boshqaruvning matritsa tuzilmasi — boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining zamonaviy samarali turi bo‘lib, u ikkita tuzilmalar;— to‘g‘ri chiziqli va dasturiy maqsadni birga olib borish yo‘li bilan yaratiladi. To‘g‘ri chiziqli tuzilmaga muvofiq (vertikal bo‘yicha) tashkilot faoliyatining ayrim sohalarini boshqarish amalga oshiriladi; ishlab chiqarish, sotish, ta’minot, dasturiy-maqsadli tuzilmaga muvofiq (gorizontal bo‘yicha) dastur (loyihalar)ni boshqarish.Boshqaruvning matritsa tuzilmasida dastur (loyiha) rahbari to‘g‘ri chiziqli rahbarlarga ham bo‘ysunuvchi mutaxassislar bilan ishlaydi. U aniq dastur bo‘yicha nima va qachon qilinishi lozimligini belgilaydi. To‘g‘ri chiziqli rahbar esa u yoki bu ishni kim va qachon bajarishi kerakligini hal qiladi.
84. Devizional tashkiliy tuzilma.Divizional (yoki bolimli) tashkiliy tuzilma yakuniy natija (mahsulot, iste’molchi yoki bozor)ga asoslanadi. Bu tuzilmada yuqori darajadagi bir qator vazifalarning markazlashuvi va ishlab chiqarish (tijorat) bolinmalarining faoliyatini markazlashtirilmaganligi birlashtiriladi. Tashkilotning yuqori darajasi asosiy resurslarni rejalashtiradi va taqsimlaydi, strategik qarorlarni qabul qiladi, shu bilan birga bolinmalar operativ qarorlarni qabul qiladi», «foydaning markazlari» bolgani holda, foyda olish uchun mas’uldirlar. Divizional tuzilmani ba’zida «muvofiqlashtirilgan markazlashtirmaslik» sifatida belgilaydilar. Undan ko‘p mahsulotli ishlab chiqarish (tijorat) yoki ko‘p millatli kompaniyalarda keng foydalanadilar, ulardagi hududiy tarqoqlikda mamlakatli bolimlarni avtonomlashtirish zarur.