Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari


Rahbarlikning liberal uslubi



Yüklə 122,99 Kb.
səhifə34/49
tarix20.11.2023
ölçüsü122,99 Kb.
#163264
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Menejement rivojlanishining tarixiy shart – sharoitlari-fayllar.org

111.Rahbarlikning liberal uslubi
Liberal uslub samarasizlik va mehnat jarayoniga aralashmaslik bilan ta’riflanadi. Liberal rahbar orqali yuqori rahbariyat ko‘rsat227 malari bo‘yicha harakat qiladi, javobgarlikdan qochishga intiladi. U turli omillar ta’siri ostida o‘z qarorini o‘zgartirishi mumkin. Tashkilotda ko‘pincha muhim masalalar uning ishtirokisiz hal etiladi. Liberal qoli ostidagilar bilan o‘zaro munosabatlarda muloyimdir. U ularga deyarli to‘liq erkinlikni beradi, talabchan emas, ularning ishini nazorat qilishni yoqtirmaydi. Obro‘ olishga intilib, u qo‘li ostidagilarga turli imtiyozlarni berish, o‘rinsiz mukofotlarni tolashga qodir. U yana qol ostidagi yalqov xodim uchun ishni bajarishi mumkin, yomon xodimlarni ishdan bo‘shatishni yoqtirmaydi.

112. Ishga doir etika va etiket
Etik me’yorlar, huquqiy m e ’yorlardan farqliroq, rasmiy ravishda hech qayerda yozilmagan va uzoq vaqt davomida «otalardan» «bolalarga», kattalardan kichiklarga, bir avloddan boshqasiga og‘zaki ravishda uzatib kelingan. Ular asrlar davomida turli xalqlarning ko‘pgina avlodlarining birgalikdagi faoliyati, jamoaviy turmushlari jarayonida vujudga kelgan va madaniyatning asosiy yutuqlaridan biri bolgan. Etiket — inson xulq-atvorini tartibga solishning shakllaridan biridir. Ammo etiket qoidalari g‘oyatda rasmiy xarakterda bo‘ladi va kishining oldiga erkin tanlash muammosini qo‘ymaydi. Ularni bilish va rioya qilish zarur. Etiket tili ko‘proq umuminsoniy odob talablarini aks ettiradi, ammo bunda odamlarning yoshi, xizmati, jinsiy farqlarini tartibga soladi, unda vaziyat oldindan kelishib olinadi va aniq harakatning tayyor modellari taklif qilinadi.

113. Imidj tushunchasi.
Menejerning imidji. Menejerning imidji — uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida o‘ziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi farqlanuvchi va mutlaq ta’riflari haqidagi mustahkam tasavvurdir. Imidjning asosini ishni maqsadga qaratilgan holda tashkil etilayotgan va qollab-quvvatlanayotgan uslubi hamda menejerning shaxslararo munosabatlari va rasmiy atributlari (belgilari) tashkil etadi. «Imidj» — inglizcha so‘z bolib, «obraz», «shuhrat»ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va stereotip xarakterga ega bolgan hissiyotli bo‘yalgan obrazidir. 0 ‘zining imidji haqidagi g‘amxo‘rlik bu uni kishilar ongida gavdalanishi, o‘zini o‘zi namoyon etishidir. Imidj tushunchasi personifikatsiya (gavdalantirish, tasvirlash) ga yaqinroq boladi, ammo o‘z ichiga shaxsning nafaqat tabiiy xususiyatlarini, balki maxsus yaratilganlarini ham oladi.


Yüklə 122,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin