153. Menejment qonunlari va tamoyillari. 154. Iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy tuzilishi.
155. Menejment usullari.
156. Menejmentda qaror qabul qilish.
157. Menejer faoliyatini tashkil etish.
158. Marketing menejmenti.
159. Ijtimoiy menejment.
160. Xalqaro menejment. Xalqaro menejment – bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalar ayirboshlash, qo’shma korxonalar, xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri boshqarish nazariyasi va amaliyotidir. Xalqaro (global) menejment kompaniyalarni ikki va undan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi, global menejer malakasiga ega mutaxassis esa keng doiradagi masalalar - eksport - import bitimlaridan tortib chet elda mahsulot ishlab chiqarishgacha bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishi lozim. Bunda u turli madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi, falsafasi va psixologiyasini o’zlashtirib olishi kerak, va har qanday sharoitda eng avvalo mamlakatimiz manfaatlarini ko’zlashi zarur.
161. Strategik menejment.
162. Nizo va stresslarni boshqarish.
163. Menejmentda axborotlar va kommunikatsiya. Boshqaruv vazifalarini bajarish, yakka shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorliklar, kommunikatsiya va axborotlarni almashtirish vositasida amalga oshiriladi. Axborot va kommunikatsiya tushunchalari o‘zaro bog‘langan, ammo kommunikatsiya o‘z ichiga nimani (axborotni) uzatilishi va u qanday uzatilishini oladi. Har qanday rahbarning faoliyati quyidagi operatsiya va tadbirlarni bajarilishi bilan bog‘liqdir: — axborotlarni olish, tekshirish va ishlab chiqish; — qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirish; — ularni bajarilishini nazorat qilish va tuzatishlar kiritish; — bajarilgan qarorlar bo‘yicha ma’lumotlarni tizimlashtirish va saqlash. Kommunikatsiyalar istalgan javobni olish maqsadida takliflar, fikrlar, luqmalar yoki hissiyotlarni og‘zaki va boshqacha shaklda (yozma shakl, imo-ishora, biror vaziyatda turish, oxirigacha aytmaslik va h.k.) uzatish yoli bilan amalga oshiriladi. Kommunikatsiyada uning ishtirokchilari ko‘rish, eshitish va his qilishga qodir bolishlari hamda ma’lum ko'nikmalarga va o‘zaro tushunishning ma’lum darajasiga ega bolishlari kerak