Menejerni Rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o’rni


Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular



Yüklə 21,08 Kb.
səhifə5/10
tarix19.05.2023
ölçüsü21,08 Kb.
#117170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Menejerni Rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o’rni-fayllar.org (1)

Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:


  • Yangi kishilar bilan tez til topishadigan;

  • Bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;

  • Bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan;

  • Yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;

  • Xushchaqchaq;

  • Harakatlari shiddatli;

  • Nutqi tez;

  • Kelajakka ishonch bilan qaraydigan;

  • So’zini aniq va ma'noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.

    Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo’ladilar.

    Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiqqo’l va talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin.

    Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi.

    Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi shilliqni "flegma" deyishgan.

    Flegmatiklar:


    • Ta'sirchanligi sust bo’ladi;

    • Bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan

        ko’chadilar;


    • Faolliklari kam;

    • Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;

    • Harakatlari va nutqlari sust;

    • Ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;

    • Sabr-toqatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar

        bilan hayajonlanmay gaplashadilar.

    Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.

    Gippokratning fikricha, agar kishida za'faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qat'iy, harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni "xoley" deyishgan.


    • Xoleriklar - ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o’zini to’g’ri tutadi.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin