Ishlab chiqarishni boshqarishga xodimdlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi;
Barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo’ladi, ustunligini bildirmaydi;
Buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
Bo’ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. hayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida xar xil xodimga nisbatan rahbarlikining ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va bo’ysinuvchilarning o’ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib muomala qilishi kerak
Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari
Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’lay0otgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha "sangvinis", ya'ni "qon" degan so’zdan kelib chiqqan.