Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish “Innovatsiya” tushunchasi (ingl. Innovation-kiritilingan yangilik, ixtiro) yangilikka investitsiya kiritish ma’nosida ishlatiladi. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchi marotaba innovatsiyalarga oid masalalarni ko’rib chiqqan va innovatsion jarayonga to’liq ta’rif bergan. Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasiga ko’pchilik mualliflar tomonidan turlicha yondoshuvlar keltirilgan. Ko’pchilik mualliflar yangilik kiritishni iqtisodiy tadbiq etish jihatidan nazarda tutadi, ya’ni yangi resurslarni tashkil etish yoki mavjud bo’lganlarini noan’anaviy holda yangicha ishlatilishini nazarda tutadilar
A.Busiginning fikriga ko’ra, innovatsiya bu asosiy kapital yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ilm fan, texnika va texnologiyalar yordamida yangilashdir.69. Mulkchilik turlariga ko‘ra moliyalashtirish manbalari quyidagilarga bo‘linadi:
- davlat investitsion resurslari (byudjet mablag‘lari, byutjetdan tashqari fondlar, davlat tomonidan qarz olish, aksiyalar paketlari, davlat tasarrufidagi mulk ):
- tijorat va notijorat xarateriga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, hamda shaxs tashkilotlar jismoniy shakllarining investiitsion, shu jumladan moliyaviy resurslari.
Bu jamoaviy sarmoyadorlar, shu jumladan sug‘urta kompaniyalari, investitsion fondlar va kompaniyalar, nodavlat nafaqa fondlarining investitsion resurslari. Korxonalarning shaxsiy mablag‘lari, hamda tijorat banklari, boshqa kredit tashkilotlari va hukumat tomonida maxsus vakil qilingan investitsion banklarning kredit resurslari ham shunga kiritiladi.
Davlat darajasida quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo‘ladilar
- byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlarning shaxsiy mablag‘lari:
- davlat kredit bank va sug‘urta tizimlarining « jalb qilingan » mablag‘lar:
- davlatning tashqi (xalqaro qarz olish) va ichki qarzi (davlat obligatsiyali, qarzli va boshqa ziyonlari) ko‘rinshidagi qarz mablag‘lari :
Korxona darajasiga quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo‘ladilar
SHaxsiy mablag‘lar foyda, amartizatsion ajratmalar, sug‘urtali to‘lovlar, nomoddiy aktivlarning jalb qilinmagan ortiqchalari, asosiy va aylanma mablag‘lar va h.k.;
Jalb qilingan mablag‘lar, aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, hamda badallar, maqsadli tushumlar va boshqalar;
Har xil asosdagi byudjet, bank va tijorat kreditlari ko‘rinishdagi qarz mablag‘lari.
Rivojlangan mamlakatlarda eng ko‘p tarqalgan moliyaviy resurslarning manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyalashtirish sub’ektlari. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy moliyaviy shakllari. Innovatsion faoliyatning moliyaviy-kreditli qo‘llab-quvvatlanishi. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari. Innovatsion faoliyat sub’ektlarini darajalari va mulkchilik turlari bo‘yicha moliyalashtirish manbalari. Davlat manbalari, budjetdan tashqari manbalar. Turli xil manbalarning maqsadlari va investitsion ustuvorliklari.
Innovatsiyalarni moliyalashtirish shakllari. Venchur tadbirkorligi va venchurli moliyalashtirishni tashkil etish. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi. Innovatsion bozorning yuzaga kelish shart-sharoitlari. Innovatsion bozorning moliyaviy ta’minoti. Investitsion bozorning tarkibi va tuzilishi. Korxona va tashkilotlarda investitsion resurslarning manbalari. Ishlab chiqarish sanoatida kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalarining tuzilmasi. Investitsiyalarni moliyalashtirishda innovatsion jamg‘armalar va innovatsion banklarning roli. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish xususiyatlari. Innovatsion sohada loyihali moliyalashtirishning muvaffaqiyati.