“Menejment” kafedrasi


O’zaro bog’liqlik va maqsad sari yo’naltirilganlik



Yüklə 354,61 Kb.
səhifə20/58
tarix26.10.2022
ölçüsü354,61 Kb.
#66338
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
“Menejment” kafedrasi-fayllar.org

O’zaro bog’liqlik va maqsad sari yo’naltirilganlik. Boshqaruvni turli saviyalarda iyalatiladigan o’zaro bog’liq va o’zaro bir-birini to’ldiruvchi o’lchovlarning qatorini bunyod etish uchun avvalambor ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lmasligi va zaruriy yuqori darajada menejment aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim.
Menejment tizimining iqtisodiy samarasini o’lchovlari birligini ko’rsatkichlar birlashmasi asosida shakllantirish mumkin. Ammo ko’rsatkichlar qanchalik kam bo’lsa, uni shunchalik shakllantirish oson bo’ladi. Bir qator holatlarda u bitta muhim ko’rsatkichlardan tuzilgan bo’lishi ham mumkin. Bu ko’rsatkich o’z navbatida ko’rib chiqilayotgan tizimni aniq va to’la tavsiflaydi.
Ma’lumki, xalq xo’jaligi butunligicha yoki uning alohida ishlab chiqarish tarmoqdari, birlashma (korporatsiya), korxonalar bo’yicha iqtisodiy samarani baholash bir necha ko’rsatkich to’plam asosida amalga oshiriladi. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning iqtisodiy samarasi pirovard natijasida olinadigan foydani ko’payishi bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, menejment tizimining iqtisodiy samarasi ishlab chiqarish samarasini organiq bir butun qismi bo’lib, unda ushbu tizimlarning hukm surishini iqtisodiy natijalari aks etgiriladi: Menejmentning iqtisodiy ma’nosini taraqqiyoti va takomillashuvi asosan shundan iboratki, u olinadigan foydaning ko’payishiga ko’maklashadi va shu bilan birga ishlanadigan mahsulot hajmi ko’payadi, skfati esa oshadi. Menejment sohasidagi foyda qancha ko’p bo’lsa, ishlab chiqarish harajatlarini solishtirma og’irligi shuncha kam bo’ladi va ushbu sohada mehnat sarfining iqtisodiy samarasi ahamiyatliroq bo’ladi.
Ushbu muhim ko’rsatkichni tanlash shu bilan bog’liqki, bozor iqtisodiy sharoitida foydani oshirish omili bo’lib menejment hisoblanmoqda. Bu esa o’z navbatida xalq farovonligini oshirishda, (muhim chora tadbir hisoblanadi), mehnat jamoalarining a’zolarini ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini va korxona mulkining egasi manfaati ishini amalga oshirishda muhim chora tadbir hisoblanadi.
Shunday qilib, menejment iqtisodida kamchiliksiz o’lchovlar yo’q va uning bo’lish ehtimoli ham bo’lishi mumkin emas. Ularning barchasi nisbiy hisoblanadi va ma’lum miqdorda ijobiy tomoni bo’lsa ham, u yoki bu tomondan salbiy bo’lishi ham mumkin. Undan tashqari ishlab chiqarish kuchlari oshgan sari o’lchovlar ahamiyati sezilarli darajada o’zgarib boradi: ular majburiy ravishda takomillashuvga, ba’zida esa, boshqasi bilan almashtirishga to’g’ri keladi.



Yüklə 354,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin