II BOB. MENEJER FAZILATLARI VA FAOLIYATLARI II.1-mavzu. Menejer xususiyatlari 2.1.1. Menejerning vazifalari Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo’lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.
Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer:
rahbar - boshqaruvchi;
rahbar - diplomat;
rahbar - murabbiy, tarbiyachi;
rahbar - inson;
rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi.
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuo’tai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:
boshqaruv uslubi;
ish uslubi;
rahbarning ish uslubi.
Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuasidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuasidir. Masalan:
mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
vazirlik, qo’mita, hokimiyatlarning ish uslubi;
sud, prokuraturalarning ish uslubi;
korxona, tsexlarning ish uslubi;
ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokozolar. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuo’tai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.
Bir noshud rahbarning beg’amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Boqibeg’am bu toifa rahbarlarning shu uslubi bilan murosa qilib bo’lmaydi.
ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar xodimlar jamoasi oldiga qo’yilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajara ololmaydi.
Bilim darajasi
iqtisodiyotni bilishi;
texnika va texnologiyani bilishi;
boshqarish ilmini, funktsiyalari va strukturasini bilish;
istiqbolni bilimga qodirligi va h.k.
Tashkilotchilik qobiliyati
xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlay olishligi;
qo’l ostidagilarni mehnatga o’rgatish va tarbiyalashni bilish;
jipsalashgan jamoani vujudga keltiraolish;
maqsad sari intiluvchanlik;
kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo’qotmaslik;
“Yomon korxona yoki tashkilot yo’q, lekin yomon rahbarlar bor”. Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilikqobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo’yilsa, u korxona tezda yaxshi korxona sarfiga qo’shiladi.
Agar yaxshi ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchillik qobiliyati past rahbar kelib qolsa aksincha, u korxona asta-sekin yomon ishlaydigan korxonaga aylanadi.
Boshqarish samaradorligini ta’minlay olish.
boshqarishni kollegial tarzda tashkil qilaolish qobiliyati;
ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;
ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyshlar yoza bilish;
turli manbaalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;
rahbarlarni va qo’l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati;
rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash qobiliyati;
boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish;
boshqarish strukturasini takomillashtirib berish qobiliyati va h.k.