Maqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak.
| |
Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak.
|
Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamroh bo’la olmaydi.
|
Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak.
|
Maqsad - bu navbatdagi bosqichda “jang” bilan zabt qilinadigan bamisoli cho’qqidir. Buni zinhor unutmaslik darkor. Shu “jang”da g’olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo’lgan real maqsadni o’z oldimizga qo’yishimiz kerak. Undan ortiqcha ham, kam ham emas, vassalom.
|
Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor.
|
Miqdoran o’lchovga, meyorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob. Bu talabga rioya qilmaslik rejalashtirilgan maqsadning oldindan bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir.
|
Maqsad bo’limlar va mas’ullar bo’yicha detallash-tirilgan bo’lishi kerak.
| |
Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak.
|
Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas’ul shaxs bo’yicha mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Shundagina bu maqsadning ijro qilinish darajasini aniq nazorat qilish mumkin.
|
|
Bu - umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini, “Maqsadlar shajarasi” (derevo tseley)ni tuzishni talab qiladi.
|
Boshqarish maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarxda turkumlashni toqazo etadi.