Korxonada strategik rejalashtirishning tuzilishi
Korxonada strategik rejalashtirish ko‘p hollarda uch darajada amalga oshiriladi, bu – biznesning strategik bo‘linmalari (BSB) deb nomlangan alohida yuridik korxonalarda ko‘rsatiladi. Biznesning strategik bo‘linmalari – korxona ichidagi tashkiliy struktura bo‘lib,
unga aniq bozorlar uchun mo‘ljallangan mahsulot turlari guruhi kiradi. Masalan, ikki strategik bo‘linmadan iborat bo‘lgan elektromexanika korxonasini olib ko‘raylik. Biri kemasozlik uchun dizel motorlari, ikkinchisi sug‘orish ishlari uchun kompressorlar ishlab chiqaradi. Har ikki struktura ham korxonaning umumiy iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda yana bir bor harbiy nazariyaga e‘tibor beraylik. Harbiy dengiz floti turli kemalardan iborat. Bosh qo‘mondonlik bo‘linma rahbarlari bilan kelishgan holda flotning vazifalari va harakat qilish joyini aniqlaydi. Mo‘ljallangan hududda har bir kapitan o‘z kemasidagi holatga javob beradi. Kema (bizning misolimizda bo‘linma) o‘zining ―jang qilish joyiga‖ ega bo‘ladi.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan uch darajaga qaytamiz. Konsern darajasida har yili umumiy strategiya tuziladi. Bu umumiy strategiya 4-5 yil oralig‘ini qamrab oladi. Unda strategik tadqiqot natijalari hamda hozirgi ―strategik‖ holat tahlil qilinadi. Reja korxonaning yaqin yillarda egallashi mumkin bo‘lgan holatni aks ettiradi. Rejaning ma‘nosi quyidagicha bo‘lishi mumkin: ―Biz qanday biznesga taalluqlimiz?‖. Konsernning umumiy rejasida quyidagi elementlar mavjud bo‘ladi:
Konsernning hususiy holati;
Faoliyat turlari;
Ko‘zda tutiladigan o‘sish va rentabellik.
Konsernning umumiy rejasi asosida 3-5 yilga mo‘ljallangan strategik rejalar tuziladi. Bu strukturaviy birlikka mo‘ljallangan strategik rejani qayta ishlashdir. Bunday reja maqsadlar va belgilangan vazifalarni o‘z ichiga oladi (foyda, aylanish, bozor hissasi, mahsulotlarni yangilanishi va h.k.) ya‘ni:
Strategik rejalashtirishning uchinchi darajasi funksional rejalashtirishdir. Har bir aniq funksiya (sotish, sotib olish, mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi) olinadi va moddiy hamda mehnat resurslaridan optimal foydalanish maqsadida strategik rejalar tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |