Strategiya va strategik rejalashtirish.
―Strategiya‖ so‘zi harbiy fanlardan olingan bo‘lib, grekcha (―strategos‖) ―generel san‘ati‖ degan ma‘noni bildiradi. Bu atamani harbiy sohadan kirib kelganiga taajjublanmaslik kerak. Zero, puxta o‘ylangan strategiya Aleksandr Makedonskiy, Amir Temurlarga harbiy yurishlarda qo‘l kelgan. Harbiy boshliqlar asosiy vazifalardan kelib chiqib, taxminiy reja tuzadilar,
masalan, raqibini yengish yoki kuchsizlantirish, dushman ittifoqini buzish, xavf keltiruvchi holatni bartaraf qilish, aniq holatni egallash. Shunday harbiy rejaga o‘xshab, qo‘yilgan maqsadlarga qanday usullar bilan erishish aniqlanadi. O‘rta asrlarda shaharlarni bosib olganlar, dengizdan qamal qilganlar, ta‘sirchan odamlarni sotib olganlar, raqib joylashgan joyni egallaganlar va h.k.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida ham strategiya atamasi:
“yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san’ati”;
“ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilm” ma’nosida
talqin etilgan.
Umuman ahvolni, yo‘nalishni tanlashda alohida ishlar va harakatlarning maqsadlari ham o‘rnatiladi. Yirik harakatni amalga oshirish uchun taktika sohasida tanlov amalga oshiriladi. Yana yuqoridagi misoldan foydalanamiz: shaharni hujum bilan bosib olish, qamal qilib olish yoki boshqacha usullar bilan egallash mumkin. Agar, siz taktikangizni tanlasangiz, shu vaqtning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlarning vazifalarini ham aniqlaysiz. Bu vazifalar yirik harakatlar rejasiga asos bo‘ladi. Masalan, hujum bilan bosib olishda qanday qismlar qatnashadi, qanday tartibda egallanadi va h.k. harbiy sarkarda u yoki bu qismni hujumga tashlab qanday samara olishni yaxshi bilishi kerak. Maqsadga erishish uchun o‘z jangchilarining o‘rinlarini qanday tezlikda almashtira oladi va harbiy san‘atning qanday yangi yutuqlaridan foydalanadi.
Harbiy rahbar o‘z raqibining holatini va o‘z holatini yaxshi bilishni xohlaydi. Unga aniq ma‘lumotlar zarur bo‘ladi. Agar u tezda muvaffaqiyatga erishishni xohlasa ko‘zda tutilmagan taktikani qo‘llashga harakat qiladi, kuchlar nisbatini o‘z tomoniga ag‘darishdga intiladi. Harbiy san‘atning ko‘plab muammolari iqtisodiy faoliyat muammolariga o‘xshash bo‘ladi. Korxona faoliyatining samarasi juda katta darajada uning strategiyasi va uni amalga oshirishga bog‘liqdir.
Strategiya – bu:
Istiqbolni tadqiq qilish, turli senariyalarni tahlil qilish san’ati;
Istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g’oya;
Korxonaning umumfaoliyati (fondi, quvvati, xarajati, foydasi va hokazo)ni nazorat qiluvchi keng qamrovli tizimdir.
Strategik menejmentning besh vazifasi
vazifa 2-vazifa 3-vazifa 4-vazifa 5-vazifa
Strategik reja – bu korxona (firma) oldidagi uzoq muddatga mo‘ljallangan vazifalar majmui bo‘lib, u korxona ko‘lamidagi boshqa joriy, yillik rejalar uchun boshlang‘ich nuqta xizmatini o‘taydi. Strategik rejaning asosiy shakllari besh, o‘n yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan rejalardir.
Agar biz g‘arbdagi korxonalarda strategik g‘oyalar rivojiga nazar tashlasak, uning rivojidagi aniq yo‘nalishni ko‘ramiz. Uni to‘rt sohaga bo‘lish mumkin, amaliyotda bu sohalar birin-ketin keladi, hatto strategik rejalashtirishning takomillashgan usulidan ham oldin keladi.
Samaradorlik
Korxona evolyutsiyasi chizig’i
1-soha 2-soha 3-soha 4-soha
Yuqoridagi rasmda 4 soha ko‘rsatilgan. Korxonaning iqtisodiy faoliyati rasmda ko‘rsatilgan keyingi sohaga o‘tish davomida strategik rejalash samaraliroq bo‘lib boraveradi.
Birinchi soha: moliyaviy rejalashtirish jarayoni yillik budjet tuzish amali bilan cheklanadi, bu narsa korxona kelajagidagi daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida tushuncha beradi. Tuzilgan strategiya ko‘p hollarda rasmiy bo‘ladi va korxona rahbarlarining bir nechtasining fikrlariga, g‘oyalariga asoslangan bo‘ladi. Ammo ko‘plab korxonalar bunday tartibda qaror qabul qilish uchun murakkab strukturaga ega bo‘ladi. Ular o‘z rejalashtirish ustunlarini tuzib, ikkinchi sohaga o‘tadi.
Ikkinchi sohada moliyaviy rejalashtirish uzoq muddatli rejalshtirish bilan to‘ldiriladi. Moliyaviy natijalar istiqboli bir necha yil muddatga – keyingi 3 – 5 yilga belgilanadi. Ushbu yo‘nalishning kamchiligi shundaki, biz ega bo‘lgan natijalar o‘zimizni ishonch va xavfsizlik bilan his qilishimizga olib boradi (ma‘lumotlar eng zamonaviy statistik ustunlar asosida olinishi mumkin). O‘tgan davr ma‘lumotlari, natijalari bo‘yicha kelajakni aniq belgilab olish mumkinga o‘xshaydi. Muhim strategik omillar ko‘plab raqamlar va jadvallar bilan ko‘mib tashlanadi. Eng yomoni bu usulda rejalashtirish juda og‘ir ishga aylanadi. Agar budjet moddalari boshqarilmasagina rejalashtirish qayta ko‘rib chiqiladi, boshqa hollarda unga kam e‘tibor beriladi.
Uzoq muddatli rejalashtirishda tajriba to‘plagan korxonalar uchinchi sohaga o‘tadilar, ya‘ni tashqi omillarni hisobga olgan holda rejalashtirish. Bu holatda korxonada tashqaridagi strategik rejalashtirishda ahvolning o‘zgarishi hisobga olinadi. Oldingi sohadan farqli ravishda, bu sohada makroiqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy-demografik omillar, tarmoqdagi yangi texnologik yaratmalar hisobga olinadi. So‘ngra mahsulot sotish bozoridagi raqobat va raqobatbardoshlikning holati chuqur tahlil qilinadi. Bunday ma‘lumotlar asosida va ijodiy izlanishlar natijasida bir-biri bilan solishtirib tanlashaga imkon beruvchi ko‘plab muqobil variantlar yaratiladi.
To‘rtinchi soha – strategik menejment sohasi. Bu soha strategik rejalshtirishning eng takomillashganidir. Bu yerda nafaqat uzoq muddatli rejalashtirish qo‘llaniladi, balki raqobatga o‘z afzallilarini saqlab qolishga, o‘z holatini, quvvatini oshirishga e‘tibor beriladi. Bu yo‘nalishda harakatlar amalga oshiriladi. Strategik g‘oyalarni o‘ylash barcha korxonalarni qamrab oladi. Korxona rahbariyati rejalashtirish jarayonini umumiy holda yo‘naltiradi, ammo jarayon uchun muhim bo‘lgan g‘oyalar va fikrlar korxona ichida shakllanadi.
Strategik rejalshtirish quruq raqamlar orqali hisoblash emas, balki hodimlarning ijodiy izlanishlaridir. Bu strategik rejalashtirishga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Endi bu borada Piter Lorenjuning fikrlarini ham ko‘raylik. Piter Lorenju fikriga ko‘ra, strategik rejalashtirish – kompaniyani boshqarish uchun yordam beradigan vosita hisoblanadi. Piter Lorenju ―Strategik rejalashtirishning vazifasi ishni tashkil etishda yangiliklarni qo‘llash‖ – deb tushuntiradi. Boshqacha aytganda, u strategik rejalashtirish jarayonini boshqarishda 4 asosiy faoliyatni ko‘rsatib o‘tadi:
Resurslarni taqsimlash.
Tashqi muhitga moslashish.
Ichki koordinatsiya (muvofiqlashtirish).
Tashkiliy strategik istiqbolni aniqlash.
Resurslarni taqsimlash jarayoni deganimizda miqdori cheklangan tashkiliy resurslarni, ya‘ni fondlarni boshqarish qobiliyatini va texnologik tajribalarni taqsimlashni tushunamiz. Masalan, 1987-yilning kuzida ―Djeneral Fudz‖, ―Filipp Morris‖ kompaniyasi bo‘limini qayta tashkil qilishga qaror qildi. Bundan maqsad,
―Filipp Morris‖ kompaniyasi ―Djeneral Fudz‖ kompaniyasini 3ta firmaga bo‘linishi natijasida ko‘pchilik menejerlarni va boshqa xodimlarni qisqartirib ularni maoshini tejab qolish edi. Tejab qolingan mablag‘ ana shu firmalarni tashkil etish uchun sarflanishi lozim edi.
Tashqi muhitga moslashish degan tushuncha keng ma‘noda kompaniyaning atrof-muhit bilan bajaradigan barcha strategik faoliyatini bildiradi. Kompaniyalar atrofdagi sharoitlarga ijobiy holat bo‘ladimi yoki salbiy holat bo‘ladimi, bundan qati nazar, moslashish zarur, yaxshi strategik rejalashtirishga ega kompaniyalar ancha murakkab ishlab chiqarish tizimlari yordamida umuman jamiyat hamkorligida o‘ziga yangi qulay sharoitlar yarata oladi.
Ichki koordinatsiya firmaning ichki ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida strategik faoliyatni umumlashtirishni anglatadi.
Tashqi stategiyani oldindan bilish deganimizda menejerlarning avvalgi yillarning strategiya qarorlariga muvofiq orttirgan tajribalari asosida o‘z bilimlarini kengaytirish faoliyati tushuniladi. Tajribalar asosida o‘z qoboliyatini rivojlantirish asosida menejerlar strategik boshqarish sohasida malakasini oshirib boradi.
Strategiyani oldindan bilish qobiliyati yuqori darajada bo‘lgan ―IBM‖, ―Delta airlines‖, ―Eastemon codik‖ larni kompaniya misol tariqasida ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |