Menejment va marketing



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix19.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132557
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1)

-lizing oluvchining faoliyat olib borayotgan sohasidagi raqobatbardoshligi; 
-narx shakllanishi va kooperativ aloqalar;
-fors-major holatlar. 
Ichki risklar: 
-lizing oluvchining to„lovga qobiliyatliligining yo„qolishi; 
-lizing oluvchi kompaniyani boshqaruvi holati, xodimlarni boshqarish; 
-ishlab chiqarish texnologiyalariga amal qilinishi, ishchilar malakasi; 
-qalloblik, lizing oluvchining lizing bitimi shartlarini bajarishdan bosh 
tortishi.
Lizing bitimi shartlarining samarali bajarilishi va qo‟yilmalarning 
qaytishini ta‟minlash uchun lizing beruvchilar bitimga mijoz uchun qimmatli 
bo„lgan barcha narsalarni qo„shishi va kerakli holatda bundan foydalanishi 
lozim.
Ikkinchi bosqich risklari lizing kompaniyasi faoliyati bilan bog„liq risklar: 
Birinchi o‟rinda bularga lizing kompaniyasining lizing bitimlari portfeli 
bilan bog„liq risklar kiradi. Lizing bitimlari portfeli turli xil usullar bilan 
baholanadi, jumladan, ma‟lum lizing kompaniyalari turli reyting sistemalaridan 
foydalanishadi. Bundan tashqari tarmoqlar bo„yicha to„g„ri taqsimot olib borish 
mumkin, bunda bir tarmoqqa jami lizing bitimlari portfelining 20-30 % dan ortiq 
bitim kiritish mumkin emas. 
Rossiya amaliyotida qayta moliyalashtirish bilan bog„liq risklarni ham 
ko„rib chiqish lozim. Bunday holat Rossiya banklari suzib yuruvchi stavkada 
kreditlashi hamda har bir qarz oluvchi uchun limit mavjudligi bilan bog„liq. 


50 
Lizing kompaniyasi faoliyatining boshidanoq banklar ularni kuni kelib 
moliyalashtirishni to‟xtatishini tushunishi kerak. Shuning uchun doimiy ravishda 
ustav kapitalini oshirib borishi va lizing faoliyatini to‟xtovsiz olib borishi kerak. 
Shuningdek risklarni boshqarish uchun boshqa usullar ham qo‟llaniladi: 
1.Bo‟nak to„lovlari yoki garov ta‟minotining qo‟llanilishi lizing bitimida 
keng 
tarqalgan 
shartlardan 
biri 
hisoblanadi. 
Mijozlarning 
kreditga 
layokatliligini, ishonchlilgini aniqlash tizimi, asbob-uskunani tez qaytarish 
mexanizminig mukammal emasligi oqibatida mijozlarning to„lovlarni amalga 
oshirmaslik holatlarini oldini olishda bo‟nak va garov ta‟minotlarini olinishi 
salmoqli o„ringa ega. Bo‟nak to„lovlari qiymati lizing bitimining 20 %i 
miqdorini tashkil etadi. Qo„shimcha garov ta‟minoti ham lizing ob‟ekti 
narxining 20 % qiymatida bo‟ladi. Lizing oluvchiga ishonchning ortishi bilan 
bo‟nak va garov ta‟minotiga bo„lgan talablar yumshatilishi mumkin.to„lovlar o„z 
vaqtida amalga oshirilishi uchun turli jarimalar qo‟llanilishi mumkin, masalan, 
to‟lanmagan mablag„dan kunlik 0,05-0,15% miqdorida. Ba‟zi to„lovlar amalga 
oshirilmagan holatlarda lizing beruvchi mol yetkazib beruvchilar bilan lizing 
ob‟ektini ma‟lum chegirmalarni qo‟llagan holda qayta sotib olish to„g„risida 
bitimlar tuzishlari mumkin. 
2.Asosiy aksioneri banklar bo„lgan lizing kompaniyalarining risklarni 
kamaytirish uchun keng qo‟llaniladigan usullaridan biri bo„lib, lizing oluvchilar 
lizing kompaniyasining ta‟sischisi bo„lgan bankda o„z hisob raqamini ochgan 
bo„lishidir. To„lovlar amalga oshirilmagan holatlarda bank qarzdor mijozning 
hisob raqamlarini muzlatib qo‟yishi mumkin. 
3.Kuzatuv va nazoratni amalga oshirish orqali ham risk darajasini 
kamaytirish mumkin. Lizing qompaniyalari ustav kapitalining asosiy ulushiga 
ega bo„lgan ba‟zi banklar mijozlardan olingan hujjatlarni bank kredit bo„limi 
ko„rib chiqishini talab qilishadi. Belgilangan tartibda barcha hujjatlar ko‟rib 
chiqilgandan so„ng har bir holat bo„yicha bank lizing bitaimi tuzish yoki kredit 
berish to„g„risida tavsiyalar beradi. 
4.Lizing kompaniyalari lizing bitimi xavfsizligini davlat kafolatlarini 


51 
qo„llash orqali ta‟minlashlari ham mumkin. Masalan, regional ma‟muriyat 
ma‟lum bir korxona yoki zavodning kengayishiga o„z e‟tiborini qaratsa, lizing 
bitimi majburiyatlari bajarilishini ta‟minlovchi kafolatlar beradi. Biroq bunday 
kafolat lizing kompaniyasini yetarli darajada tinchlantirmaydi, chunki har doim 
ham bunday funksiyalarni bajarish uchun ularda yetarli mablag„ mavjud emas. 
5.Lizing bitimi (jumladan, moliyaviy risklar) ni sug„urtalash Rossiyada 
juda qimmat bo„lib, sug„urta to„lovlar asbob-uskuna qiymatining 10-15% ni 
tashkil qiladi. Sug„urta kompaniyasini tanlash muammosi ham mavjud, chunki 
Rossiyada ko„plab sug„urta kompaniyalari bo„lib, ulardan faqat bir nechtasida 
moliyaviy 
risklarni 
sug„urtalashga 
litsenziyalar 
olingan. 
Lizing 
kompaniyalarining fikricha faqat ularning o‟zlari sug„urtalovchi sifatida 
qatnashishlari 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Ishonchli 
bo‟lmagan 
sug„urta 
kompaniyalari osonlik bilan kichik va o„rta biznes sub‟ektlarini aldashlari 
mumkin. Bundan tashqari faqat kompaniyaning o„zigina sug„urta badallarining 
o„z vaqtida to‟lanishini ta‟minlashi mumkin. , 
Yuqorida sanab o„tilgan usullarning hech biri lizing faoliyati bilan bog„liq 
risklarni samarali boshqarish imkonini bermaydi, balki faqatgina lizing 
bitimining kimmatlashishiga va majburiyatlarning bir sub‟ektdan ikkinchisiga 
o„tkazilishiga olib keladi xolos. 
Ma‟lumki barcha investitsiyalar, jumladan, lizing operatsiyalari orqali 
amalga oshiriladigan munosabatlar, ko„p jihatdan qo„yilmalarning qaytish 
kafolati, qarzdor korxonaning vaqtinchalik yoki to„liq to„lovga layokatsizligi 
oqibatida yuzaga keladigan yuqotishlarni qoplashdagi sug„urta to„lovlariga 
bog„liq buladi. 
Rossiyada o„tkazilgan lizingni rivojlantirish xalqaro konferensiyasida 
Yevropa lizing kompaniyalari assotsiatsiyasi prezidenti (Leaseurope) Mark 
Bayert o„z ma‟ruzasida, g‟arbda eng ishonchli ta‟minot - mulk huquqi ekanligini 
alohida ta‟kidlab o‟tdi. Ekspertlarning baholashicha bugungi kunda moliya 
bozorida kreditlarning 50 % i lizing operatsiyalari garovi ostida, ya‟ni lizing 
ob‟ektining o„zini garovga olish orqali berilmoqda. 


52 
Quyida Rossiya lizing beruvchilari va ularni kreditlaydigan banklar talab 
qiladigan garov ta‟minotlarini ko„rib chiqamiz: 
«Interros» moliya sanoat guruhiga kiruvchi «Interros-lizing» lizing 
kompaniyasining garov ta‟minot bo„yicha qo„ygan talablari nisbatan kompleks 
qo‟yilgan bo„lib, ushbu moliya-sanoat guruhida faol qatnashchilar sifatida 
ONEKSIMbank i AKB MFK faoliyat olib boradilar. «Interros-lizing» lizing 
kompaniyasi mijozlari bilan garov ta‟minot masalasi bo„yicha quyidagicha 
tarzda munosabatlarni tashkil qiladi. 
AKB MFK ili ONEKSIM bankning mijozi bo‟lmagan lizing oluvchilar 
uchun lizing bitimini tuzishdagi asosiy shartlardan biri bo„lib ta‟minot sifati 
hisoblanadi, ya‟ni majburiyatlar muddati kelganda lizing beruvchi va uning 
bankining xarajatlarini qoplash va lizing to„lovlarini amalga oshirish kafolati. 
Lizing beruvchi, uning faoliyat turi, o„tgan yillar mobaynida u tomondan 
olib borilgan xo„jalik va moliyaviy faoliyat yakunlari, turli aloqalarining 
mustahkamligi, imidji, hamkorlarining doimiyligi va ishonchliligiga bog„liq 
holda har bir aniq holat bo„yicha garov ta‟minoti turli shakl va hajmda bo„lishi 
mumkin.
Lizing bitimi ta‟minoti sifatida quyidagilar qatnashishi mumkin.
1.Bank kafilligi (kontrkafillik) va yoki ma‟lum bir banklar veksellari, ya‟ni 
bankning o„z mijozi uchun «Interros-lizing» oldida mijozi to‟lamagan barcha 
to„lovlarni to‟lash kafolati; 
2.Moliyaviy barqaror korxonalarning veksellari; 
3.Yirik byudjet korxona va tashkilotlari veksellari; 
4.Lizing to„lovlarini qoplashni ta‟minlovchi fondlar;
5.Ishonchli kompaniyalar kafilligi; 
6.Qimmatli qog‟ozlar garovi; 
7.Yuqori likvidli tovarlar garovi; 
8.Kuchmas mulk garovi; 
9.Mol etkazib beruvchi tomonidan qayta sotib olish kafolati;
10.Vakolatli bank tomonidan tasdiqlangan forvard shartnomalari;


53 
11.Likvidli aksiyalar REPOsi; 
12.Vakolatli banklardagi eksporterlar bilan shartnomasidan eksport 
tushumi; 
13.Boshqa mulk va aktivlar garovi; 
14.Davlat va munitsipal fondlarning tasdiqlangan kafolati; 
15.Lizingga berilayotgan mulk qiymati ham qisman ta‟minot sifatida 
qaraladi; 
16.MFK ili v ONEKSIM bankda maxsus hisob raqam ochish orqali lizing 
to„lovlari amalga oshirilishini ta‟minlash. Ushbu hisob raqamlar lizing to„lovlari 
amalga oshirilganda to„liq ochiladi. 
Lizing loyihasini amalga oshirishda texnika, texnologiya sotuvchi korxona 
«Interros-lizing»dan uning ta‟sischilari hisoblangan AKB MFK yoki ONEKSIM 
banklaridan mol etkazib beruvchilarga barcha moliyaviy majburiyatlar amalga 
oshirishini kafolatlovchi kafillik oladi. 
«Promstroylizing» lizing kompaniyasi lizing loyixalarini ko„rib chikkanda 
o„z mijozlariga qo„yidagicha ta‟minot shakllarini taqdim qilishini talab etadi: 
1.Promstroybank ishonchiga ega bo„lgan banklar kafilligi; 
2.Promstroybankda qo„shimcha shartnoma tuzgan holda xorijiy valyuta 
tushumini lizing to„lovlariga yo‟naltirish va lizing oluvchining hisob raqamidan 
akseptsiz to‟lash huquqi; 
3.Yuqori likvidli mahsulot; 
4.Ishonchli kompaniyalarning kafillik shartnomasi. Bunga asosan 
Promstroybank kafolatlovchi hisob raqamidan mavjud qarz mikdorini akseptsiz 
tulash huquini oladi; 
5.Yuqori rentabelli korxonalar va Tveruniversalbank veksellari; 
6.Barchaga ma‟lum yirik korxona va tashkilotlarning «golubie fishki» deb 
nomlanuvchi aksiyalari: Noril nikel, «Bratskiy sellyulozno-bumajniy» kombinat, 
Svetlogorsk SBK va boshqalar. 
Barcha holatlarda kafillik qiymati lizing to„lovlari amalga oshirilishi bilan 
mos ravishda kamayib boradi.


54 
«Moskovskaya lizingovaya kompaniya» lizing munosabatlarini tashkil 
qilishda mijozlari tomonidan kafolat ta‟minotini quyidagicha taqdim qilinishini 
talab qiladi, ya‟ni qo„shimcha ravishda quyidagilar bo„lishi lozim:
1.Qaytarib beriluvchi loyiha qiymatining 10% ni tashkil qiladigan 
miqdorda mablag„ qo‟yilmasi (ushbu mablag„ lizing to„lovlari muddatidan 
kechikmasdan to‟langan holda lizing muddati tugagandan so„ng qaytarib 
beriladi); 
2.Kuchmas mulk garovi; 
3.«Moskovskaya lizingovaya kompaniya» tavsiya etgan sug‟urta 
kompaniyasida texnika- texnologiyani majburiy sug„urtalash.
Taqdim qilinayotgan investitsiya loyihalari sarasiga kiruvchi lizing 
loyihalarini ko„rib chiqishda Inkombank quyidagi holatlarga bog„liq holda ish 
yuritadi.
Lizing oluvchilardan kredit to„lovi ta‟minoti sifatida depozit, yuqori 
likvidli aktivlar va boshqalar talab qilinadi. Shuningdek, aniq tayyorlangan 
biznes reja, lizing oluvchi tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar marketingi, 
xom-ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqalarning ishonchliligi asosiy 
talablardin hisoblanadi. 
Shuningdek, Inkombank xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan 
kafilliklarni o„z mijozlarining topshirig‟iga asosan berishi mumkin. Bulardan 
keng tarqalganlari bo„lib quyidagilar hisoblanadi: 
♦to„lov majburiyatlarini ta‟minlovchi kafolat; 
♦shartnoma shartlari bajarilishini ta‟minlovchi kafolat; 
♦bo‟nakni kaytarish kafolati; 
♦tender kafolatlari;
♦bojxona kafolatlari; 
♦«loyiha» kafolati. 
Tender kafolati – kompaniya tender savdolarida qatnashish istagini 
bildirganda tender tashkilotchilari tomonidan talab qilinadigan bank kafolati 
bo„lib, bunda asosan kompaniya tenderda yutib chiqqan holatda qo„yilgan 


55 
shartlar asosida bitim tuzishini kafolatlaydi. 
Shartnoma imzolangandan so„ng tender kafolati mavjud shartnoma 
shartlari bajarilishini ta‟minlovchi kafillikka qayta rasmiylashtirilishi mumkin. 
Bunga asosan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda kontragentga jarimalar 
to‟lanishi ta‟minlanadi. 
Buyurtmachi tomonidan ma‟lum miqdorda bo‟nak to‟langan holatda 
bo‟nakni qaytarib olish kafolati olinishi mumkin. Bunda shartnoma 
bajarilmagan holatda bo‟nakni qaytarib olish kafolati bo‟ladi. 
Bank kreditlari va taqdim qilingan kafolatlarning ta‟minoti bo„lib 
loyihaning o„zi, ya‟ni yangi tashkil qilinayotgan yoki rekonstruksiya 
qilinayotgan korxonaning kelgusida oladigan daromadi hisobga olinishi 
investitsion loyihalarni moliyalashtirish xalqaro amaliyotida keng tarqalib 
bormoqda. 
«Loyiha» kafolatlarini taqdim qilishdagi asosiy tamoyillardan bo„lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
♦Loyihada ishonchli va hamkorlikka tayyor hamkorlarning qatnashishi; 
♦Texnik iqtisodiy asoslashning yuqori malakali tayyorlanganligi va bank 
bilan kelishilganligi; 
♦Loyihaning yetarli darajada kapitallashuvi; 
♦Qurilish, ob‟ektni ekspluatatsiya qilish, transportda tashish va mahsulot 
marketingi masalalari bo„yicha ijobiy xulosa; 
♦Loyiha risklarini aniqlash va qatnashchilar orasida taqsimlash; 
♦Yetarli ta‟minotning mavjudligi (Rossiya yirik banklari kafilliklari xam 
qabul qilinadi). Bank turli xil garov bilan ishlaydi, shuningdek, garovga 
kuchmas mulk olingan bo„lsa, ularning bozor bahosini aniqlaydi. Beriladigan 
kafolat haki loyiha turi va kafolat turiga bog„liq bo„lib, yillik to„lov kelishuv 
qiymatining 2-3 % ini tashkil qilishi mumqin. 
«RG-lizing» kompaniyasi (Rus-german lizing kompaniyasi – ta‟sischisi 
Rossiya Federatsiyasi Sberbanki) lizing loyihasi tahlili mijoz tomonidan 
xujjatlarning taqdim qilinishi bilan boshlanib, muhim hujjatlardan biri bo„lib 


56 
kafil-bank xatining asl nusxasi hisoblanadi. Ushbu xat orqali kafil-bank bitim 
qiymatidan oldindan to„langan mablag ayirilgan xoldagi qoldiqning to„lab 
berilishiga rozilik berib, qo„yidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
♦joriy yilning 1 yanvar holatiga bank balansi; 
♦oxirgi hisobot davriga bank balansi;
♦normativlar hisobi; 
♦balansdan tashqari hisob raqamlar izohi;
♦ustavdan nusxa; 
♦bank litsenziyasidan nusxa;
♦auditorlik xulosasidan nusxa. 
Agar kafil sifatida Rossiya Federatsiyasi Sberbanki qatnashsa yuqoridagi 
hujjatlar talab qilinmaydi. 
Barcha hujjatlar o„rganilgandan so„ng bank kafolati bitimini tuzish 
to„g„risida qaror qabul qilinadi. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin