8-rasm. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash usullari
15
.
Biz tavakkalchilikni boshqarishni yangi usuli tavakkalchilikni boshqarishda
o„yinlar nazariyasidan foydalanishni ko„rib chiqamiz. O„yinlar nazariyasida agar
biz ikki shaxs orasidagi o„yinni nazarda tutsak unda ular bir shaxs bir-biridan
bog„liq bo„lmagan holda o„z strategiyasini tanlashni tushinamiz. O„yin maqsadi
muvozanat nuqtasiga erishish strategiyasini tanlashdir.
Muvozanatlik strategiyasi – bu ishonchlik strategiyasi bo„lib uni asosida
to„lov funksiyasining qiymati uning obyektivligi yotadi va kamtarona qoida
taniladi. Ammo o„yinlar nazariyasida ko„pincha muvozanat holatdan uzoqlashib
tavakkalchilikka yo„l qo‟yishadi bu esa ko„plab amaliy masalalarni ishida
uchrab turadigan holatdir. Bunda barcha mumkin bo„lgan imkoniyatlarini
o„yinchini hulq-atvori tanlangan strategiya natijasida keladigan foyda uning
stabilligi va boshqalar nazarga olinadi. Quyida biz muvozanat nuqtasidan
uzoqlagan qoida o„yin yuritish misollarini ko„rib chiqamiz.
15
Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.::
«Группа ИДТ», 2013. – 55-с.
dalilsiz xulosa
berish guruhi
tajribaga tayanib
yondashilgan guruh
Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun bir qancha usullar mavjud
59
Ko„pincha o„yinlar nazariyasida o„yinchilardan biri (raqiblar) tushingan va
maqsadga yo„nalgan holda faoliyat yuritadi qolganlar esa o„z strategiyasini
tasodif tarzda tanlaydilar.Bu holda har bir o„yinchini yutuq hajmi juda kichik
bo„ladi.Ammo umumiy xolda o„yinlar nazariyasida har bir o„yinchi katta
yutuqqa erishish strategiyasini tanlashga harakat qiladi.
Bunday strategiyada istagan natijaga erishish xavfi katta bo„ladi. Bunday
strategiyalarni tanlashda barcha imkoniyatlarni hisobga olgan holda shunday
yo„lni tanlash kerakki unda raqibning xatti-harakati o„zaro bo„ladigan foyda bu
tanlangan strategiyadan olinadigan natijalarni hisoblab uni muvozanat holat
o„yinlari bilan solishtirib ko‟rish zarur.
Mamlakat iqtisodiyotini ko„zlangan masalalarida uni bajarayotgan korxona
maqsadga erisha olmasa, bu yuqori organlarning rejalashtirishdagi xatosi bilan
emas, balki shu korxonaning rejalashtirishdagi kamchiliklar tufayli sodir bo„ladi,
deb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan yondoshilganida rejalar qanchalik puxta
ishlangan bo„lsa, tashkilot uchun tavakkalchilik shunchalik kam bo„ladi.
Shunday qilib, ilmiy asoslangan rejalashtirish – bu tavakkalchilikning xatarli
oqqibatlarini kamaytirish usulidir. Shu bilan bir qatorda maxsus adabiyotlarda,
rejalashtirish tavakkalchilikka qarshi kurash vositasi deb qaralmasligi lozim, -
degan nuqtai nazar mavjud. Ilmiy asoslangan rejalashtirish – noaniqlarni
kamaytiruvchi ishonchli omil hisoblansada, eng yaxshi reja ham, ijtimoiy
iqtisodiy vaziyatdan yuzaga keluvchi noaniqliklarning barcha unsurlarini o„zida
mujassamlashtira olmaydi.
Ichki va tashqi bozor bilan bog„liq tavakkalchilik turlari bir-biri bilan
mustahkam aloqada bo„lgan, bir biriga ta‟sir etuvchi ko„plab umumiy unsurlarga
ega. Shuning uchun tavakkalchilikning bu ikki turini birinchi navbatda ichki va
tashqi bozor uchun xarakterli bo„lgan xislatlarini inobatga olib qarab chiqamiz.
Ichki bozor bilan bog„liq tavakkalchilikning tashkil etuvchi muhim unsurlariga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
-eski va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va strukturasini aniqlash
bilan bog„liq tavakkalchilik (Biz bu masalani yangi va eski mahsulotlarni
60
parallel
ishlab chiqarishning afzalligi va kamchiliklari to„g„risida
gapirganimizda ko„rib chiqqan edik);
-mahsulot ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushini sezilarli darajada
ortishini ilmiy tadqiq qilishni moliyalashtirish to„g„risida bir qarorga kelish bilan
bog„liq tavakkalchilikni o„sishi (bu erda yangi ishlab chiqarilgan mahsulot talab
darajasidagi sifatga javob bera oladimi degan masalaga befarq bo„lib
bo„lmaydi).
O„zini oqlagan yangi texnologiya importi rivojlanish sohasidagi
tavakkalchilikni pasaytiradi, shuningdek u ortiqcha foyda qismini saqlab qolish
imkonini yaratadi (baho tarkibidagi tavakkalchilik ulushini kamaytirish
hisobiga), chunki mahsulot bozorga baho egri chizig„ini ancha yuqori nuqtasida
ekanligidagi narxda boradi.
Ishlab chiqarish bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni tashkilot ixtiyorida
ma‟lum bir davr davomida oldindan nazarda tutilgan sifat va miqdordagi ishlab
chiqarish zahiralari bo„ladimi)
-bozor bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni yangi va eski mahsulot taklifi
to„lovga qobil talab miqdoriga mos keladimi?)
Xarajat va narx bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni oldindan hisoblangan
yoki past narxda sotilganda to„lovga qobil talab mahsulotga bo„lgan extiyoj
xarajatlarini ko‟payadimi va haqiqiy xarajatlarni hisobga olganda daromad olish
mumkinmi). Korxonani rivojlantirish sohasiga oid qaror qabul qilishda ko„proq
darajada xalqaro mehnat taqsimoti va uning ehtiyojiga tayanish lozim bo„ladi.
Buning mazmuni shuki, nafaqat bizdagi mavjud moddiy resurslar birinchi
navbatda ichki ehtiyojlarni qoldirish zaruratidan kelib chiqqan holda balki
xalqaro iqtisodiy tendensiyalarini, ulardan foydalanish, nisbatan qulaylik
darajasini hisobga olib taqsimlanishi lozim.
Boshqacha qilib aytganda mavjud resurslar ma‟lum darajadagi noaniqlikda
baholanuvchi tashki omillarni o„rganish asosida taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi lozim.
Demak doimo umumjaxon iqtisodiyotidagi iste‟mol (talab) va ishlab
61
chiqarish strukturasidagi (taklif) o„zgarishlarni muntazam kuzatib borish kerak.
Biror yangi ishlab chiqarish obyektini ishga tushirish to„g„risida qaror qabul
qilishda quyidagilarga e‟tibor karatishimiz lozim.
-jahon bozorida yangi mahsulotga talab darajasi va taklif holati qanday
bo„lishi kutilayotganiga;
-jahon bozorida qanday narxlarda mahsulot sotilishi mumkinligiga;
-xalqaro darajada olganda mahsulot tannarxi qanday bo„lishiga
(raqobatdagi o‟xshash mahsulotlar tannarxi);
-mazkur mahsulot sotilishi mexanizmi qanday bo„lishiga (monopol,
raqobatli);
-mahsulotimiz sotilishi rejalashtirilayotgan bozorda raqobatdagi import va
maxalliy mahsulotlarga nisbatan bojxona(tamojnya) himoyasi tadbirlari qanday
darajadaligiga.
Barcha bu dalilsiz baholar o„z ichiga xilma-xil tavakkalchilik elementlarini
oladi: aynan kutilgan va kutilmagan xodisalarni kelgusida sodir bo„lish yoki
bo„lmasligi bilan bog„liq tavakkalchilik, (har xil teng sharoitda) oldindan
baholash tizimidagi o„zgarishlar imkoniyati bilan bog„liq tavakkalchilik;
foydalanilayotgan oldindan baholash davomidagi axborotlarning aniqligi bilan
bog„liq tavakkalchilik.
Agar ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarilsa va u yangi mahsulot bo„lsa
u holda bu mahsulot iste‟molchi tomondan faqatgina ishlab chiqarishda
texnologik qayta ko„rishdan so‟nggina foydalanilishini hisobga olish lozim.
Shuning uchun yangi uskunalarni olish, uni o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan
kapital qo‟yilmani qo„shimcha xarajatlar va iste‟molchi tomonidan bu
xarajatlarni qoplash manbaalarini hisobga olish zarur.
Agar gap an‟anaviy mahsulotlar ustida borsa, u holda texnologiyani
yangilash, ancha zamonaviy yoki ancha arzon mahsulot ishlab chiqarishga sabab
bo„ladi.
Kundalik ehtiyoj mollari ustida gap borsa (tekistil, tamaki, ozik-ovkat va
kiyim-bosh tovarlari), yangi mahsulotni bozorda paydo bo„lishi va bozorni bu
62
tovar bilan to„yinishi, ularni sotishda qiyinchilik tug„diradi.
Eski mahsulot ishlab chiqarilgan holatda bunga qo„shimcha iste‟mol
strukturasini o„zgarishi ham qo„shiladi.
Raqobatchilarning ishlab chiqarishni rivojlantirishlari yo„nalishidagi
imkoniyatlari to„g„risidagi axborotlardan doimo xabardor bo„lib turish lozim va
bu axborotlarni quyidagi uch manbaadan olish mumkin:
-chet ellardagi ilmiy tadqiqotlar axborotidan;
-kapitallar to„g„risidagi axborotlardan (qimmatli qog„ozlar va aksiyalar
chiqarishga yo„naltirilgani);
-dotatsiya, imtiyoz va davlat subsidiyalari to„g„risidagi ma‟lumotlardan
(davlat tomondan qo„llab quvvatlanuvchi ilg„or mahsulotlarni ishlab chiqarish
texnologiyasini ishlab chiqish
Ishlab chiqarish qanchalik ko„p ixtisoslashuvchi jihozdan foydalansa,
shunchalik davr talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish maromini
ta‟minlaydi. Ammo talab barqaror keskin o„zgarganda u shunchalik keyin unga
moslashadi. Demak bunga shuncha ko„p xarajat ketadi.
Agar tashkilot keng nomli slaturodagi mahsulotni paralel yoki ma‟lum bir
ketma-ketlikda ishlab chiqarsa, tavakkalchilikni ma‟lum darajada pasaytiradi.
Unga yaqqol misol qilib, yangi mahsulot bilan bir qatorda, oldingi mahsulotini
ham ishlab chiqarayotgan tashkilotlar misol bo‟la oladi. Tavakkalchilikni
pasaytiruvchi bu «usul»ning kamchiligi shundaki, o„zining barcha imkoniyatlari
va boshqa resurslarini ko„plab mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashish uchun
texnologik va tashkiliy imkoniyatlarini boy beradi. (Aks xolda jixozlarni qayta
qurish muammolari yuzaga keladi).
Rivojlanish (taraqqiyot) yo„lini tanlash sohasidagi tavakkalchilik
to‟g‟risidagi masalalar ichki va tashki bozor muammolari bilan bog„liq holda
qarab chiqiladi.
Real xavf-xatar ortishi bilan o‟suvchi tavakkalchilikdagi vaziyatda sug„urta
to„lovi, kapital qo‟yilma samaradorligini hisoblashda hisobga olinuvchi omil
sifatida namoyon bo„ladi. Shuningdek, uskuna-jihozlarning bekor turib
63
qolganida joriy xarajatlarning ortishi tavakkalchiligi, boy berilgan foyda
tavakkalchiligi sug„urtachi tomonidan qoplanmaydi.
Tavakkalchilikga baho berishda ko„p turli statistik, hisob analitik va
ekspert uslublariga asoslangan usullardan foydalanadilar. Statistik usul amaldagi
hollarda yo„z bergan yo„qotishlar dinamikasini ko„zatishga imkon yaratadi va
ular asosida, yoki zarar ko„rish ehtimolligining egri chizig„i chiziladi, yoki
tavakkalchilik xarajatlarining miqdor ko„rsatkichi topiladi. Ekspert usuli ekspert
yordamida baholash nomi bilan mashxur. U mutaxassislarni, tajribali
ishbilarmonlarni jalb qilish bilan bog„liq bo„ladi. Agar analitik ekspertizani bir
necha ekspertlar olib borsa, ularning har biri tavakkalchilik ehtimoli va
yo„qotish saviyasini o„zi alohida baholashi kerak. Shundan keyin o„rtacha
miqdorlar hisoblanishi mumkin. Bu ma‟lumotlar daromadni yo„qotish
saviyasining ekspertizaviy egri chizig„ini ko„rish uchun ishlatilishi mumkin.
Tavakkalchilikda hisobga olinishi zarur bo„lgan va xavf-xatarni keltirib
chiqaradigan muhim omillar quyidagilardir: tadbirkorlik sohasi; tabiiy ofat;
o„g„irlik; reket; biznes rejani shakllantiruvchi shaxslarning omilkorlik
darajasining pastligi, biznes bo„yicha sheriklarning vijdonsizligi yoki mol-
mulksizligi. Shartnomada aldanish xavfi yoki qarzdorning to„lash qobiliyati
yo„qligi hodisasi bilan duch kelish, qarzni qaytarmaslik va boshqalar haqiqatda
yo„z berishi mumkin bo„lgan xodisalardir. Yuqorida keltirilgan omillar muqobil
taktikaviy qarorlarni tavakkalchilik elementlarini hisobga olgan holda tanlashda
so„zsiz o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Bu ta‟sir ikki xil namoyon bo„ladi. Birinchidan,
xo„jalik vaziyatining elementlarining o„zaro ta‟sirlashuvi orqali vaziyatning
rivojlanish jarayonida taktik qarorlar qabul qilinadi va amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, ta‟sir ishbilarmon va biznesdagi boshqa ishtiroklarning shaxsiy
xususiyatlariga bog„liq elementlar orqali namoyon bo„ladi.Qaror qabul qilishda
salbiy omil bo„lib vaziyat qo„ygan masalaning murakkabligi va yangiligi
hisoblanadi. Bu ko„p hollarda ishbilarmonni sarosimaga soladi, ba‟zida qo„rquv
samarasini bunyod etadi, ma‟lumotlarni ratsional tahlil qilish va amalda to„g„ri
64
qaror qilish imkonidan maxrum qiladi. Bu ayniqsa, xavf-xatar yuqori bo„lgan
holda yaqqolroq ko„zga tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: |