5
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlari
sharoitida iqtisodiy
tavakkalchilikni hisobga olish va baholash boshqaruv nazariyasi va
amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida mustaqil nazariy va amaliy
ahamiyat kasb etadi. Aksariyat boshqaruv qarorlarining tavakkalchilik sharoitida
qabul qilinishi to„liq axborotlarning mavjud emasligi, o„zaro
qarama-qarshi
g„oyalar, ehtimollik elementlari va boshqa shu kabi ko„plab omillarga bog„liq
bo„ladi.
Ma‟lumki, tadbirkorlik olamidagi yutuqlar ko„p hollarda tadbirkorlik
faoliyatining tanlangan strategiyasini qanchalik darajada to„g„ri va asosli
ekanligiga bog„liqdir. Bunda jiddiy vaziyatlar hisobga olinishi lozim.
Tadbirkorlik faoliyatini esa tavakkalchiliksiz tasavvur etish iqtisodiy
savodsizlikning bir ko„rinishi bo„ladi deb o„ylaymiz.
Umumjahon amaliyotida
qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to‟g‟risidagi qonunchilik
hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas‟uliyat va o„zining tavakkalchiligi bilan
amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo„naltirilgan fuqarolar va ular
guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati deb ta‟rif beriladi.
Ko„p hollarda
tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas‟uliyatlilik,
faol izlanuvchanlik, jo„shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi.
Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo„lib, to„liq asosli
holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat
yutuqlarini ta‟minlash uchun o„z xatti-harakatlarini
takomillashtirib boradi,
chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o„zgartirishga,
narx, iste‟molchilar doirasi va boshqa ko„plab omillarga bog„liq bo„ladi.
Muammolar yechimining turli yo„llarini topish, tanlash va o„zgartirish
faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo„ladi. Shu sabab
tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy
faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo„ladi. Biznesni
tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas.
Tavakkalchilikning kuchayishi – bu mohiyatan
tadbirkorlik erkinligining
6
aksi bo„lib, buning uchun o„ziga xos to„lov hamdir. Bozor munosabatlari
sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo„shqin
harakatga tayaniladi, bu esa o„z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi.
Yurtboshimiz ta‟kidlaganidek “Ma‟lumki,
biz mamlakatimizdagi ishlab
chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy
innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish
bo„yicha o„z oldimizga katta maqsadlar qo„yganmiz”
1
.
Demak, bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi,
balki uning
darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni
boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi.
Tadbirkorlikning bosh xislati tavakkalchilikdan qochmaslikda, balki uni
oldindan ko„ra bilishda va uni eng past darajagacha pasaytira olishda namoyon
bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: