1-rasm. Qarorlar o„rganish qabul qilishda tavakkalchilikni
4
.
Noaniq qarshiliklar natijasida yuzaga keluvchi tavakkalchilik «Vis major»
deyiladi. Ko„p hollarda noaniqliklar va tavakkalchilikni sinash tushunchalar
deyiladi. Lekin (tavakkalchilik uchun) noaniqliklar ba‟zi hollarda tavakkalchilik
sifatida ko„rinadi yoki ba‟zi bir noma‟lum hodisalarni paydo bo„lishida yoki
paydo bo„lishi bizga noaniq vaziyat ehtimoli ko‟rinishida paydo bo„ladi. Amalda
uzoq muddatli va qisqa muddatli tavakkalchilik mavjud.
Uzoq muddatli tavakkalchilik qishloq xo„jaligi va uning tarmoqlarini rivoji
bilan bog„liq bo„lib ko„p xollarda butun xalq xo„jaligi darajasida qabul qilinadi.
Qisqa muddatli tavakkalchilik kon‟yunkturali hisoblanadi, ya‟ni ma‟lum
vaqt davomida bajariladigan ma‟lum turdagi ishlarni bajarishda qabul qilinadi.
Bundan tashqari tavakkalchilik o„zining mazmun va mohiyatidan kelib
chiqib quyidagi turlarga bo„linishi mumkin: tarmoqlar bo„yicha tavakkalchilik
va sohalar bo„yicha tavakkalchilik.
Rivojlanish yo„lini tanlash sohasidagi tavakkalchilik to„g„risidagi masalalar
ichki va tashki bozor muammolari bilan bog„liq holda qarab chiqiladi.
Mamlakat iqtisodiyotini ko„zlangan masalalarida uni bajarayotgan korxona
maqsadga erisha olmasa, bu yuqori organlarning rejalashtirishdagi xatosi bilan
emas, balki shu korxonaning rejalashtirishdagi kamchiliklar tufayli sodir bo„ladi,
deb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan yondoshilganida rejalar qanchalik puxta
4
Сабиржанова Д., Туляганова Ш. Совершенствование корпоративного управления// Рынок, денги и
кредит.-2006.-№3.-С.62-64
Qarorlar qabul qilishda 2 turdagi tavakkalchilikni o‟rganishni taklif
etiladi:
Umumdavlat qarorlarini
qabul qilish
Mahalliy ahamiyatga
molik qarorlar qabul
qilish
16
ishlangan bo„lsa, tashkilot uchun tavakkalchilik shunchalik kam bo„ladi.
Shunday qilib, ilmiy asoslangan rejalashtirish – bu tavakkalchilikning xatarli
oqibatlarini kamaytirish usulidir. Shu bilan bir qatorda maxsus adabiyotlarda,
rejalashtirish tavakkalchilikka qarshi kurash vositasi deb qaralmasligi lozim, -
degan nuqtai nazar mavjud. Ilmiy asoslangan rejalashtirish – noaniqlarni
kamaytiruvchi ishonchli omil hisoblansada, eng yaxshi reja ham, ijtimoiy
iqtisodiy vaziyatdan yuzaga keluvchi noaniqliklarning barcha unsurlarini o„zida
mujassamlashtira olmaydi.
Ichki va tashqi bozor bilan bog„liq tavakkalchilik turlari bir-biri bilan
mustaxkam aloqada bo„lgan, bir biriga ta‟sir etuvchi ko„plab umumiy unsurlarga
ega. Shuning uchun tavakkalchilikning bu ikki turini birinchi navbatda ichki va
tashqi bozor uchun xarakterli bo„lgan xislatlarini inobatga olib qarab chiqamiz.
Ichki bozor bilan bog„liq tavakkalchilikning tashkil etuvchi muhim unsurlariga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
-eski va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va strukturasini aniqlash
bilan bog„liq tavakkalchilik (Biz bu masalani yangi va eski mahsulotlarni
parallel
ishlab chiqarishning afzalligi va kamchiliklari to„g„risida
gapirganimizda ko„rib chiqqan edik);
-mahsulot ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushini sezilarli darajada
ortishini ilmiy tad qiq qilishni moliyalashtirish to„g„risida bir qarorga kelish
bilan bog„liq tavakkalchilikni o„sishi (bu erda yangi ishlab chiqarilgan mahsulot
talab darajasidagi sifatga javob bera oladimi? degan masalaga befarq bo„lib
bo„lmaydi). O„zini oqlagan yangi texnologiya importi rivojlanish sohasidagi
tavakkalchilikni pasaytiradi, shuningdek u ortiqcha foyda qismini saqlab qolish
imkonini yaratadi (baho tarkibidagi tavakkalchilik ulushini kamaytirish
hisobiga), chunki mahsulot bozorga baho egri chizig„ini ancha yuqori nuqtasida
ekanlichidagi narxda boradi.
Ishlab chiqarish bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni tashkilot ixtiyorida
ma‟lum bir davr davomida oldindan nazarda tutilgan sifat va miqdordagi ishlab
chiqarish zahiralari bo„ladimi?)
17
-bozor bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni yangi va eski mahsulot taklifi
to„lovga qobil talab miqdoriga mos keladimi?)
Xarajat va narx bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni oldindan hisoblangan
yoki past narxda sotilganda to„lovga qobil talab mahsulotga bo„lgan ehtiyoj
xarajatlarini qoplaydimi? va haqiqiy xarajatlarni hisobga olganda daromad olish
mumkinmi)
Korxonani rivojlantirish sohasiga oid qaror qabul qilishda ko„proq darajada
xalqaro mehnat taqsimoti va uning ehtiyojiga tayanish lozim bo„ladi. Buning
mazmuni shuki, nafaqat bizdagi mavjud moddiy resurslar birinchi navbatda
ichki ehtiyojlarni qoldirish zaruratidan kelib chiqqan holda balki xalqaro
iqtisodiy tendensiyalarini, ulardan foydalanish, nisbatan qulaylik darajasini
hisobga olib taqsimlanishi lozim.
Boshqacha qilib aytganda mavjud resurslar ma‟lum darajadagi noaniqlikda
baholanuvchi tashqi omillarni o„rganish asosida taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi lozim.
Barcha bu dalilsiz baholar o„z ichiga xilma-xil tavakkalchilik elementlarini
oladi: aynan kutilgan va kutilmagan hodisalarni kelgusida sodir bo„lish yoki
bo„lmasligi bilan bog„liq tavakkalchilik, (har xil teng sharoitda) oldindan
baholash tizimidagi o„zgarishlar imkoniyati bilan bog„liq tavakkalchilik;
foydalanilayotgan oldindan baholash davomidagi axborotlarning aniqligi bilan
bog„liq tavakkalchilik.
Agar ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarilsa va u yangi mahsulot bo„lsa
u holda bu mahsulot iste‟molchi tomondan faqatgina ishlab chiqarishda
texnologik qayta ko„rishdan so‟nggina foydalanilishini hisobga olish lozim.
Shuning uchun yangi uskunalarni olish, uni o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan
kapital qo‟yilmani qo„shimcha xarajatlar va iste‟molchi tomonidan bu
xarajatlarni qoplash manbaalarini hisobga olish zarur.
Agar gap an‟anaviy mahsulotlar ustida borsa, u xolda texnologiyani
yangilash, ancha zamonaviy yoki ancha arzon mahsulot ishlab chiqarishga sabab
bo„ladi.
18
Kundalik ehtiyoj mollari ustida gap borsa (tekistil, tamaki, oziq-ovqat va
kiyim-bosh tovarlari), yangi mahsulotni bozorda paydo bo„lishi va bozorni bu
tovar bilan to„yinishi, ularni sotishda qiyinchilik tug„diradi.
Eski mahsulot ishlab chiqarilgan holatda bunga qo„shimcha iste‟mol
strukturasini o„zgarishi ham qo„shiladi.
Raqobatchilarning ishlab chiqarishni rivojlantirishlari yo„nalishidagi
imkoniyatlari to„g„risidagi axborotlardan doimo xabardor bo„lib turish lozim va
bu axborotlarni quyidagi uch manbaadan olish mumkin:
-chet ellardagi ilmiy tadqiqotlar axborotidan;
-kapitallar to„g„risidagi axborotlardan (qimmatli qog„ozlar va aksiyalar
chiqarishga yo„naltirilgani);
-dotatsiya, imtiyoz va davlat subsidiyalari to„g„risidagi ma‟lumotlardan
(davlat tomondan qo„llab quvvatlanuvchi ilg„or mahsulotlarni ishlab chiqarish
texnologiyasini ishlab chiqish bilan bog„liq tadqiqotlar).
Tavakkalchilikni boshqarish bu qandaydir darajada tavakkal vaziyatlar
sodir bo„lishi imkoniyatini bashorat qiluvchi hamda ularning salbiy oqibatlarini
bartaraf etish imkonini beruvchi tadbirlar, usullar va uslublar jamlanmasi deb
ta‟rif beriladi. Tavakkalchilikni boshqarish bir tizim sifatida 2 kichik tizimdan
tashkil topadi. Unga boshqariluvchi quyi tizim (boshqaruv obyekti) va
boshqaruvchi quyi tizim (boshqaruv subyekti) kiradi.
Tavakkalchilikni boshqarish tizimida boshqaruv obyekti bo„lib kapital
kiritishning tavakkalchiligi va tavakkalchilikni amalga oshirish jarayonlari
xo„jalik subyektlari (tadbirkor va raqiblar, raqobatchilar, qarz oluvchi va qarz
beruvchilar,
sug„urtachi
va
sug„urtalanuvchilar)
orasidagi
iqtisodiy
munosabatlarga aytiladi.
Bu sohada tadbirkorning asosiy vazifasi-loyiha qanchalik daromadli bo„lsa,
uni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasi shunchalik yuqori bo„lishidan
kelib chikib, mazkur loyiha uchun daromad va tavakkalchilikning birikuvini
optimal darajada ta‟minlovchi harakat variantini topishdan iborat bo„ladi. Bu
yerda shuni qayd etish lozimki, ilmiy jarayonning ajralmas bo‟lagi bo„lgan
19
· kuchaygan tavakkalchilik sohalarini aniqlash;
· tavakkalchilik darajalarini baholash;
· tashkilot uchun mos keluvchi tavakkalchilik darajasini taxlil qilish;
· zarur vaziyatlarda tavakkalchilik darajasini pasaytirish yoki undan
himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish;
· tavakkalchilik hodisasi sodir bo‟lganida undan ko‟rilgan zararni maksimal
darajada qoplash bo‟yicha tadbirlar ishlab chiqish.
tavakkalchilikning mavjudligi, shuningdek, bu sohada qo„llanilayotgan
boshqaruvga ta‟sir vositalari shunga olib kelmoqdaki, tavakkalchilikni
boshqarish qator hollarda maxsus mustaqil kasbiy faoliyat sifatida namoyon
bo„lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |