Menejment va marketing



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix19.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#132557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. Tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari 
 
1.1 Boshqaruv ilmida tavakkalchilik tushunchasi va uning nazariy jihatlari 
Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik 
faoliyati to„g„risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas‟uliyat 
va o„zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga 
yo„naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati 
deb ta‟rif beriladi. 
Ko„p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas‟uliyatlilik, 
faol izlanuvchanlik, jo„shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi. 
Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo„lib, to„liq asosli 
holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat 
yutuqlarini ta‟minlash uchun o„z hatti-harakatlarini takomillashtirib boradi, 
chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o„zgartirishga, 
narx, iste‟molchilar doirasi va boshqa ko„plab omillarga bog‟liq bo„ladi. 
Muammolar yechimining turli yo„llarini topish, tanlash va o„zgartirish 
faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo„ladi. Shu sabab 
tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy 
faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo„ladi. Biznesni 
tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas. 
Tavakkalchilikning kuchayishi - bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining 
aksi bo„lib, buning uchun o„ziga xos to„lov hamdir. Bozor munosabatlari 
sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo„shqin 
harakatga tayaniladi, bu esa o„z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi. Demak, 
bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay 
bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi 
kelib chiqadi. 
Ishlab chiqarishning barcha sohalarida, ayniqsa kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikda tavakkalchilik holatini o„rganish foydani oshirishga keng 
imkoniyat yaratadi. Sobiq ittifoqda boshqarish va iqtisodiyot nazariyasida 
tavakkalchilik voqeligiga mutlaqo e‟tibor berilmagan. Shu sababli iqtisodiyot 


10 
katta yo„qotishlarga uchragan. 
Yuqorida ta‟kidlanganidek, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, 
bozor munosabatlariga o„tishi iqtisodiyotga oid fanlar turkumiga “risk” – 
tavakkalchilik tushunchasining kirib kelishiga sabab bo„ldi.
Hozirgi kunda, respublikamiz universitet va institutlarida umumiy “risk 
menejmenti” bilan bir qatorda tarmoq va soha tavakkalchiliklari ham alohida fan 
sifatida o„qitilmoqda. 
Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va elementlari 
obyektiv va subyektiv jihatlari, o„zaro munosabatlari va mazmunini anglash 
turlicha tavsiflangan. 
Tavakkalchilikning mohiyati to„g„risidagi xilma-xil fikrlar ko„p hollarda bu 
hodisaning serqirraligi, amalda mavjud xo„jalik faoliyati qonuniyatlarida uning 
to„liq tan olinmasligi, shuningdek real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv 
faoliyatida yetarlicha qo„llanilmasligi bilan sharhlanadi. 
Bundan tashqari tavakkalchilik - bu bir-biriga mos kelmaydigan, ba‟zida 
hatto qarama-qarshi real holatlar yig‟indisidan iborat murakkab jarayondir. 
Tavakkalchilik tushinchasi rus tilidagi “risk” so„ziga ekvivalent sifatida olinadi. 
Endi “risk” toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba‟zi-bir yondashuvlarni 
qarab chiqamiz. 
Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug„atlarda (falsafa, harbiy, iqtisodiy 
va h.k.z.) “risk” tushunchasi umuman uchramaydi. U hatto katta sovet 
ensiklopediyasi va Sovet ensiklopedik lug„atining oxirgi nashrlarida, besh tomli 
falsafiy ensiklopediya va falsafiy ensiklopedik lug„atda hamda “Ilmiy-texnik 
taraqqiyot lug„ati” va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar adabiyotlarda 
“risk” to„risidagi tushunchaga omadsizlik yoki xavf-xatarga (xavf-xatar holati) 
imkoniyat degan ta‟rif keng tarqalganligini ko„rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda 
ham shunday hol ko„zatiladi.Jumladan, “Moliyaviy menejment” kitobida unga 
quyidagicha ta‟rif beriladi: “Risk - tavakkalchilik - bu bashorat qilinayotgan 
variantlarga nisbatan daromad ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lish 
ehtimoliyatidir. “Zamonaviy biznesda tavakkalchilik” kitobida: tavakkalchilikka 


11 
ma‟lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida 
qo„shimcha xarajatlarning paydo bo„lishi yoki daromadning olinmasligi hamda 
tashkilot tomonidan o„z resurslarini yo„qotish ehtimolligini anglash deb ta‟rif 
beriladi
2

Yuqorida keltirilgan barcha ta‟riflardan: “tavakkalchilikni xavf-xatar, zarar 
ko„rish holati” - degan xususiy xislatini ajratib ko„rsatish mumkin bo„ladi. Lekin 
keltirilgan ta‟riflar tavakkalchilikning barcha mazmuni va mohiyatini to„liq 
ifodalay olmaydi. 
“Tavakkalchilik” ta‟rifini to„liq belgilash uchun, oldin “tavakkalchilik 
vaziyati” tushunchasiga ta‟rif berishimiz kerak, chunki bu bevosita 
“tavakkalchilik” atamasi mazmuni bilan uzviy bog‟liqdir. 
Biz rus lug„atida qabul qilingan “risk” so„zini “tavakkalchilik” deb tarjima 
qildik. Bu atamaga yana ekvivalent o„zbek tilida «qaltislik» va «risk»ni o„zini 
ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so„zi «Risk»ni to„la 
mazmunini o„zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o„zbek tilida qaysi so„zni 
tanlashni ko„rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun 
imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb 
ta‟rif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish 
uchun imkoniyat yaratish yoki unga to„sqinlik qilishi mumkin. 
Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida o„rin tutadi. 
Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik ya‟ni 
mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bo„lmagan 
vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo„ladi. 
Agar u yoki bu vaziyatni ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan 
aniqlash imkoniyati mavjud bo„lsa u tavakkalchilik vaziyati bo„ladi.
Tavakkalchilik vaziyatlardan «chiqish uchun», subyekt tanlov o„tkazadi va 
uni amalga oshirishga harakat kiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash 
aynan shu jarayonda o„z ifodasini topadi. Subyektning faoliyat rejasi esa bu 
jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o„z ifodasini topadi. Amalga 
2
Xodiev B.Yu., Karlibaeva R.X., Akramova N.I. “Korporativ boshqaruv” T.: “Cho„lpon”, 2011. – B.302. 


12 
oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo„lganidek, amalga 
oshirish bosqichida ham mavjud bo„ladi. 
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik konkret ziddiyatlarni noaniq 
vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish 
usuli bilan subyekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Bunday 
sharoitda «Bozor va tavakkalchilik» kitobida keltirilgan «tavakkalchilik» 
tushunchasining ta‟rifi ancha to„liq ifodalanadi. Tavakkalchilik- bu omadsizlik 
holatida vaqtincha tanlovga qadar bo„lgan holdan ham yomon vaziyatda bo„lish 
imkoniyati mavjud bo„lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat 
(xatti-harakat)dir. Bu ta‟rifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, 
alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi. 
Bizning fikrimizcha tavakkalchilikning ancha to„liq ta‟rifi «Tavakkalchilik 
va uning jamiyat hayotidagi roli» kitobida berilgan. 
Tavakkalchilik- bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf 
etish bilan bog„liq jarayonda ko„zlangan natijalarga erishish omadsizlik va 
maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati 
mavjud holdagi faoliyatidir. 
«Tavakkalchilik»- hodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o„zaro 
bog„liq bo„lgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko„rsatish mumkin: 
-tanlangan muqobillikni (alternativni) amalga oshirish maqsadida 
ko„zlagan maqsaddan chekinish mumkinligi; 
-ko„zlagan natijaga erishishning ehtimolligi. 
-ko„zlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo‟qligi) 
-muqobillikni noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog„liq 
moddiy, ma‟naviy va boshqa yo„qotishlarning mavjudligi. 
Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan 
chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy 
xislatda bo„lishi mumkin. 
Ko„rsatib o„tilgan elementlar, ularning o„zaro bog„liqligi va o„zaro 
ta‟sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namayon bo„ladi. 


13 
Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikga uning mohiyatini anglash imkonini 
beruvchi bir qancha xislatlar xosdir. 
Tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi xislatlar: 
1.Qarama-qarshilik (zidlik) 
2.Alternativlik (muqobillik) 
3.Noaniqlik (mavxumlilik) 
Qarama-qarshililik- tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo„lib u 
turli qarashlarda namoyon bo„ladi. 
Tavakkalchilik- faoliyatining xilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan 
tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar 
bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yo„naltirilgan bo„ladi. Shu 
bilan bir qatorda u konservatizm, do„g„matizm, qoloqlik kabi jamiyat 
tarakkiyotga ruhiy to„siqlarni bartaraf etadi. Tugamoq bo„luvchi ruhiy 
to„siqlarni bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga 
qarshilik jamiyat taraqqiyotiga tormoz qiluvchilarga qarshi muvoffaqiyatni 
ta‟minlashga yo„naltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga 
tashabbuskor ijtimoiy eksprimentlarni yangi g„oyalarni amalga oshirishni 
ta‟minlaydi. 
Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma‟naviy 
ruhiy oqibatga sabab bo„ladi chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini 
ta‟minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta‟sir etadi. Ikkinchi 
tomondan, tavakkalchilik avaityurizm, valyuntarizm, subyektivizimga, ijtimoiy 
taraqqiyotni tormozlashga olib keladi. 
Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning 
to`qnashuvida namoyon bo„ladi. Masalan u yoki bu harakatni amalga oshirish 
uchun maqbul yo„lni tanlagan kishi o„zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, 
boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis 
yoki aksincha deb baholash mumkin. 
Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi 
imkoniyatlar yo„nalishlar harakatlar orasidan o„ziga mos - keluvchi variantni 


14 
tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo„lmasligi, 
tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo„lmasa u yerda tavakkal 
harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo„lmaydi. 
Tavakkal vaziyatning aniq mazmuniga bog„liq xolda alternativlik turli 
darajada murakkablikga ega bo„ladi va u turli usullarda hal etiladi. Agar oddiy 
vaziyatlarda tanlov amalga to‟plangan tajriba va ichki xis-tuyg„uga asoslansa, 
murakkab vaziyatlarda qo‟shimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish 
zarur. Tavakkalchilikni mavjudligi bevosita o„z mazmun shaklining xilma-xiligi 
bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog„liq. 
Tavakkalchilikning 
bu 
xislatiga 
tavakkalchilik 
manbaalarini 
o„rganayotganimizda batafsil to‟xtalamiz. Bu erda biz faqat «tavakkalchilik»ni 
ishonchsiz va bir xillikni inkor etuvchi noaniqlikni «bartaraf etish»usullari 
sifatida qarab chiqamiz. 
Tavakkalchilikni bu xislatiga e‟tiborni qaratishimizning muhimligi shundan 
iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va 
boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, qolaversa gap qandaydir 
noaniqliklarni to„liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo„lmagan), 
balki ratsional alternativni tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish 
zarurati ustida ketmoqda. 
Tavakkalchilik- bu mumkin bo„lgan noaniqliklarda ma‟lum hajmdagi 
faoliyatni bajarish, ya‟ni bajariladigan ishlar natijasiga zarar yetkazuvchi har xil 
ziyonlar yoki katta hajmda daromad olish imkoniyatidir
3

Ko„p hollarda tadbirkor ma‟lum bir tavakkal asosida ishlab chiqarishga 
majbur. Majburiy tavakkalchilikda tavakkalchilikni boshqarish uchun mumkin 
bo„lgan noaniqliklarni bartaraf etishga intilinadi. Iqtisodiyotning bozor 
munosabatlariga o„tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma‟lum 
bir tavakkalchilikga tayaniladi. 
3
Sharifxo„jayev M., Abdullayev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702. 


15 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin