3.2 Innovatsion faoliyat va tavakkalchilik uyg„unligini ta`minlash istiqbollari Tavakkalchilik xatarini pasaytirishning asosiy usullaridan biri, qarz
oluvchining to„loviga qobilligi va moliyaviy barqarorligini tahlil qilishdir,
shuningdek garov olish yoki kredit bitimi shartlarini bajarishni kafolotlovchi
boshqa xildagi usullaridan ham foydalaniladi. Innovatsion tavakkalchilik-ilmiy
texnik yangiliklarni qo„llash va ularni moliyalashtirish bilan bog„liq. Chunki
ilmiy texnik tarakkiyot natijalari va xarajatlar uzoq cho„zilgan va vaqt bo„yicha
ajratilgan bo„ladi, hamda ular ba‟zi-bir aslida keng miqyosida ko‟rinadi.
Innovatsion tavakkalchilikni ham obyektiv, ham amalga oshishi muqarrar deb
qabul qilinadi. Dunyo tajribasi kutilayotgan natijalarda fundamental tadqiqotlar
darajasi umumiy 10% ni, ilmiy amaliy tavsiyalar umumiy 80% ni tashkil etishni
ko‟rsatmokda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi u yerlarda salbiy oqibatlar
inkor etilmaydi. Dastlab qat‟iy tanlovda 80-90% takliflar inkor etiladi kolgan
takliflar innovatsion fanlardan moiyalashtiriladi, shu loyihalardan xatto 15-30%
gachasi omadsizlik bilan yakunlanadi.
Aslida yangi texnika va texnologiyalarni yaratuvchilari oldida 2 yo„l
mavjud.
Birinchisi,-sekinlik va extiyotkorlik bu erda minimal tavakkalchilik mavjud
bo„ladi. Xozirgi davr jadalligi nuqtai nazaridan bu yo„l istikbolsizdir, chunki
oqibat natijada u ITT g‟oyalarini inkor qiladi iqtisodiyotda samarasiz
xarajatlarini yuzaga keltiradi. Axborot bu ma‟lumot va xabarlar to„plami bo„lib,
mazmunan yangilik unsurlariga ega bo„ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish
uchun o„ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib
bo„lmaydi. Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanadi.
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o„rtasidagi o„zaro aloqalar
axborot vositasida quyidagicha amalga oshiriladi: