Menejment va statistika


Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə28/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
1. O‘rtacha miqdorlar deb to‘plamga umumiy bo‘lgan belgilarini ifodalovchi ko‘rsatkichga aytiladi.
2. Statistikada moda deb to‘plamda eng ko‘p uchraydigan belgiga, variatsion qatordagi belgining eng katta soniga aytiladi.
3. Mediana deb to‘plamni teng ikkiga bo‘luvchi belgi, ya’ni eng o‘rtada joylashgan miqdor tushuniladi.

Mavzu bo‘yicha talabalar bilishi lozim bo‘lgan savollar
  1. O‘rtacha miqdorlar mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.


  2. O‘rtacha miqdorlar turlari va ularni qo‘llash shart-sharoitlari.


  3. Oddiy arifmetik miqdorlar va ularning hisoblanishi.


  4. Tortqichli arifmetik o‘rtacha miqdorlar va ularning hisoblanish.


  5. Oddiy garmonik o‘rtacha miqdorlar va ularni hisoblash tartibi.


  6. Tortqichli garmonik o‘rtacha miqdorlar va ularni hisoblash tartibi.


  7. O‘rtacha miqdorlarning boshqa turlari.


  8. Modaning mohiyati va uni hisoblash tartibi.


  9. Mediana mohiyati va uning hisoblanishi.




MAVZU O‘ZGARUVCHANLIK KO‘RSATKICHLARI VA ULARNING HISOBLANISHI.
O‘rtacha miqdorlar to‘plamning umumiy jihatlarini ifodalab bersada, bu to‘plamga kiruvchi alohida miqdorlar o‘rtachadan qanchalik farq qilishini ko‘rsatmaydi. To‘plam bo‘yicha hisoblangan o‘rtachadan uni tashkil etuvchi alohida miqdorlar farqi kichik bo‘lsa, bu hisoblangan o‘rtacha haqiqiy, real bo‘ladi. Aksincha o‘rtacha va alohida miqdorlar o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lsa, bu hisoblangan o‘rtacha ishonchsiz, hodisa o‘zgarishini real ifodalamaydigan bo‘ladi.
O‘zgaruvchan belgining farqlarini (tebranishini) aniqlash ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar natijasida to‘plamning bir xilligini, ularning o‘zaro bog‘liqligini, o‘rtacha miqdorning turg‘unligini ( tipik ekanligini) aniqlash mumkin.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin