Menejment va statistika


Ko‘p omilli korrelyatsiya to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə45/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

5. Ko‘p omilli korrelyatsiya to‘g‘risida tushuncha
Ko‘p omilli korrelyatsiya deb, natijaviy belgining bir qancha omil belgilarga bog‘liqligini statistik jihatdan o‘rganishga aytiladi.
Ko‘p omilli korrelyatsion taxlilning asosiy vazifasi ikki yoki undan ko‘p omillarning ta’sirini o‘zgaruvchan belgi qiymatini aniqlashga qaratilgan.
Ko‘p omilli korrelyatsion bog‘lanishlar tenglamasining tuzilishi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
1 - bosqich: bog‘lanishlar tenglamasini tanlash;
2 - bosqich: omillar - argumentlarini tanlash;
3 - bosqich: aralash bulmagan baholashlarni aniqlash uchun zarur buladigan kuzatishlar sonini aniqlash.
p o‘zgaruvchan chiziqli regressiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:


= a0 + a1x1 + a2x2 + … + anxn
Bu erda: u - x1, x2 ,… xn+ argumentlarga mos keladigan o‘rtacha qiymati.


a0 , a1 , … an lar - noma’lum parametrlar.
Korrelyatsion-regression tahlil” mavzusi bo‘yicha


TAYANCH IBORALARI
1. Correlftio (lot) – hodisalarning o‘zaro nisbatini anglatadi.
2. Funksional bog‘lanishlar deb - bir o‘zgaruvchan belgining har bir qiymatiga boshqa o‘zgaruvchan belgining aniq bitta qiymati mos keluvchi bog‘lanishlarga aytiladi.
3. Funksional bog‘lanishlarni - to‘liq, aniq, “qattiq” bog‘lanishlar deyiladi.
4. Korrelyatsion bog‘lanishlar deb - omil belgining aniq qiymatiga natijaviy belgining bir necha qiymatlari mos keladigan bog‘lanishga aytiladi.
5. Korrelyatsion bog‘lanishlarni xarakterli xususiyati shundaki - natijaga ta’sir qiluvchi barcha omillarning to‘liq ruyxatini aniqlash qiyin, faqatgina formula yordamida korrelyatsion bog‘lanishlarning taxminiy ifodalarini yozishgina mumkin, holos.
6. Balans usuli ishlab chiqarish bilan iste’mol - iste’mol bilan jamg‘arma, aholi pul daromadlari bilan harajatlari va shu kabilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi.

Korrelyatsion-regression tahlil” mavzusi bo‘yicha SAVOLLAR


1. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning turlari.
2. Korrelyatsion bog‘lanishning mohiyati.
3. To‘g‘ri chiziqli bog‘lanish tenglamasi mohiyatini tushuntiring.
4. Regrissiya ko‘rsatkichlarining mohiyatini tushuntiring.
5. Korrelyatsiya koeffitsienti qanday aniqlanadi.
6. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning zichlik ko‘rsatkichlari.
7. Ko‘p omilli korrelyatsiya mohiyati va uning tenglamasini tushuntiring.
8. Ko‘p omilli korrelyatsiya koeffitsienti qanday hisoblanadi.
9. Egri chiziqli bog‘lanishlar mohiyati.
10 Korrelyatsion jadval to‘g‘risida tushuncha.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin