2. O‘garuvchan belgilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tahlil qilishda korrelyatsiya nazariyasining qo‘llanilishi Korrelyatsion tahlil yordamida asosan quyidagi ikki masala:
- bog‘lanishlar yo‘nalishini aniqlash va uni ehtimol bilan baholash;
- bog‘lanishlar zichligini aniqlash masala hal etiladi.
Korrelyatsion tahlil belgilarning regressiya tenglamasida ishtirok etish shaklini aniqlashdan boshlanadi. Keyin esa natijaviy belgiga ta’sir etuvchi omillarning ro‘yxati belgilanib ularning eng muhimlari tanlab olinadi. Tanlab olingan va regressiya tenglamasiga kiritilgan omillar o‘zaro chiziqli yoki juda kuchli korrelyatsion bog‘lanishda bo‘lsa, ular ma’lum darajada bir-birini takrorlashi natijasida regressiya ko‘rsatkichlari buziladi. SHu sababli barcha omillarning o‘zaro bog‘lanish kuchi juft korrelyatsiya koeffitsientini hisoblash yo‘li bilan aniqlanib, bir-birini takrorlaydigan omillar tenglamadan chiqarib tashlanadi. Keyin esa regressiya tenglamasining ma’lum parametrlari (a0, a1, a2, … an) aniqlanadi.
Regressiya tenglamasi aniqlangandan keyin uning ma’lum parametrlari hisoblanadi.
Korrelyatsion bog‘lanish tushunchasi umumiy tushuncha - staxastik bog‘lanishning xususiy holidir. O‘zgaruvchan belgi u, x-dan staxastik bog‘lanishda bo‘ladi.
Korrelyatsion bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy vazifasi o‘rganilayotgan hodisalar, faktorlar o‘zgarishining sababini aniqlashdan iborat. Omil belgi, sabab belgi sifatida, natija belgi esa oqibat sifatida namoyon bo‘ladi.
Korrelyatsion tahlil usuli bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi: