YAlpi hisobda ko‘rsatilgan tijorat do‘konlari soni
Qayta nazorat paytida aniqlanilgan tijorat do‘konlari soni
Hisobga olinmaganlik koeffitsienti
Siyob
400
420
1,050
Bog‘ishamol
300
310
1,033
Temir yo‘l
150
160
1,067
Bu koeffitsient hisobga olingandan keyin esa quyidagi natijalarni aniqlaymiz (5-jadval).
5-jadval
SHahar nohiyalarida tijorat do‘konlarining soni
Siyob
Bog‘ishamol
Temir yo‘l
YAlpi kuzatish ma’lumotlari
2000
1500
750
Tuzatma e’tiborga olingandan keyingi soni
2100
1550
800
5. Tanlama kuzatish usulining amaliyotda qo‘llanilishi Statistika amaliyotida tanlama kuzatish statistik ma’lumotlarni olishning asosiy usuli sifatida keng qo‘lamda qo‘llaniladi. Davlat statistikasi asosan quyidagi ishlarni amalga oshirishda tanlab kuzatish usulidan foydalanadi:
1) YAlpi ma’lumotlarni tanlab kuzatish:
2) Ishchi, xizmatchilar va tadbirkorlar oilalarning byudjetlarini tanlab o‘rganish:
3) aholini ro‘yxatga olishda tanlab kuzatish usulidan foydalanish:
4) Maxsulotlar va tovarlar sifatini nazorat qilishda:
5) Ishchi, xizmatchialr va tadbirkorlar daromadlarining tarkibini va o‘y sharoitlarini kuzatishda:
6) YAkka ho‘jalik va dehqon xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarini hisobgaolishda:
7) Aholining xalq iste’moli tovarlariga bo‘ladigan talabini o‘rganishda:
8) Korxonalarda ish vaqtidan foydalanish samaradorligini o‘rganishda:
9) Bozor kon’yukturasi o‘rganishda:
10) Boshqaruv samaradorligini aniqlashda va shu singari ishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Tanlama kuzatish iqtisodiyotning hamma sektorlarini qamrab oladi.
Mavzu bo`yicha tayanch iboralari 1. Tanlama kuzatish usuli -tasodifiy holda tanlab olingan to‘plam birliklarini kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar bosh to‘plamga yoyish usulidir.
2. Tanlama kuzatishning vazifasi -tanlab olingan to‘plam birliklari asosida o‘rganilayotgan to‘plamning hammasiga umumiy tasvir berishdan iboratdir.
3. Tanlama kuzatish usulining qo‘llanilishining eng muhim shartlari - tanlab kuzatishning hamma qoidalari va tamoillariga amal qilish va to‘plam birliklarini tanlash ishlarini ilmiy asosda tashkil qilishdir.
4. Tasodifiy tanlash - bosh to‘plamdan birliklarni hech qanday sestemaga solinmasdan tasodifiy holda tanlanishidir
5. Mexanik tanlash usulining mazmuni - tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plamga kiritiladigan birliklari o‘rtasida munosabatlar praporsiyasining aniqlanishidan iborat.
6. Tipik tanlash - bosh to‘plam birliklarini bir nechta tipik guruhlarga ajiratish mavjud bo‘lgan holda qo‘llaniladi.
7. Uya (seriya)li tanlab kuzatish - to‘plam birliklari kichikroq guruhlar yoki uya( seriya)-larga birlashtirilgan to‘plam birliklari uchun qo‘llaniladi.