Menejment va statistika


Uya (seriya)li tanlab kuzatish



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə37/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

2.4. Uya (seriya)li tanlab kuzatish
Tanlashning bu usulini to‘plam birliklari kichikroq guruhlar yoki uya (seriya)Larga birlashtirilgan to‘plam birliklari uchun qo‘llash qo‘laydir. SHunday seriyalar sifatida tovar partiyalari, tayyor mahsulotning ma’lum miqdordagi upakovkalari, talabalar guruhlari, brigadalar va boshqa birlashmalar bo‘lish mumkin. Seriyalab tanlash usulining mohiyati seriyalarni tasodifiy tanlash yoki mexanik tanlashdan iborat bo‘lib, har qaysi guruh birliklarini yalpi kuzatishdan iboratdir.
Har bir guruh (seriya) ichidagi birliklar yalpi kuzatish o‘tkazilishi sababli, seriyalab tanlash o‘rtacha xatosi (teng miqdordi seriyali tanlashda) faqatgina guruhlararo (seriyalararo) disperensiyalardan bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:
(Qaytarilgan tanlash usuli)
(Qaytarilmagan tanlash usuli)

r - Tanlab olingan seriyalar soni;

R - seriyalar umumiy soni.
Guruhlararo dispersiya esa quyidagi formula yordamida hisoblanadi:


Xi-i- seriyalar o‘rtachasi;

X- jami tanlama to‘plam bo‘yicha umumiy o‘rtacha.
4-misol 20 ta nohiyalardan iborat bo‘lgan viloyatda seriyalab tanlash (nohiyalarni) asosida hosildorlik tanlab kuzatildi. Nohiyalar bo‘yicha tanlab olingan to‘plamning o‘rtachasi mos ravishda 14,5s\ga: 16,0s\ga, 15,5s\ga 15,0s\ga va 14,0s\gani tashkil etdi. 0,954 ehtimol bilan jami viloyat bo‘yicha hosildorlikning chegaralarini aniqlang.
Yechish: Umumiy o‘rtachani hisoblaymiz:
14.5+16.0+15.5+15.0+14.0 75
X=---------------------------------------- = ------ = 15.0s\ga.
5 5

Guruhlar (seriyalar)aro dispersiya:


Qaytarilmagan seriyali tanlash usuliga asosan chegaralangan xatoni aniqlaymiz:
SHunday qilib, 0,954 ehtimoli bilan, viloyat bo‘yicha hosildorlik quyidagi chegaralarda bo‘ladi;
15-1,7 ≤ X ≤. 15+1,7 yoki
13,3≤ X ≤ 16,7s\ga

3. Zaruriy tanlanma to‘plam hajmini aniqlash
Tanlab kuzatish usulining qo‘llanilishida zaruriy tanlama to‘plam hajmini oldindan aniqlash muhim ahamiyatga egadir. CHunki, zaruriy to‘plam hajmini oldindan aniqlanilishi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoni chegaralash imkonini beradi.
Zaruriy tanlama to‘plam hajmi bizga ma’lum bo‘lgan tanlash usullarida qo‘llaniladigan chegaralangan xatoni aniqlash uchun foydalaniladigan formulalar yordamida osongina aniqlaniladi.
Tasodifiy va mexanik tanlash usulida:
Ma’lumki, chegaralangan xato qaytarilgan tasodifiy tanlash usuliga asosan quyidagi formula yordamida aniqlaniladi
Formulaning har ikkala tamonini kvadratga ko‘tarish va ayrim algebrik o‘zgartirishlardan keyin zaruriy tanlama to‘plam hajmi (n) quyidagi ko‘rinishiga keladi:
Qaytarilmagan usulda esa, chegaralangan xato:
bu erda
Qolgan usullar uchun ham hech qanday qiyinchiliksiz, zaruriy tanlanma to‘plam hajmi aniqlanilishi mumkin.
Tipik tanlashda:
(Qaytarilgan usul)
(Qaytarilmagan usul)
Uya (seriya)li tanlashda:
(Qaytarilmagan usul)

Belgining xissasi uchun zaruriy tanlama to‘plam hajmini aniqlashda esa belgining xissasi uchun chegaralangan xatoni aniqlashda qo‘llaniladigan formulalardan foydalaniladi.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin