Mavzu bo`yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish va muhokama qilish uchun
savollar 1 Tanlab kuzatish deb nimaga aytiladi?
2. Tanlab kuzatish usulining qo‘lanilishining eng muxum shartlari nimalardan iborat?
3.Tanlab kuzatish usulining qo‘lanilishiga extiyoj qanday sabablarga binoan yuzaga keladi?
4. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy amaliyotida tanlab kuzatish usuliga qaysi hollarda zarurat tug‘iladi?
5. Bosh to‘plam deb, qanday to‘plamga aytiladi?
6. Tanlama to‘plam hosil qilishning qanday usularini bilasiz?
7. Tasodifiy tkanlash usulining mohiyatini tushuntirib bering.
8. Mexanik tanlash usuli qachon qo‘lanadi?
9. Tipik tanlash usulidan qaysi hollarda foydalaniladi?
10.Uya (seriya)li tanlab kuzatish usulidan qaysi hollarda foydalanish qulaydir?
11.Zaruriy tanlama to‘plam hajmini aniqlashga qachon zaruryat tug‘iladi?
12.Tanlama to‘plam natijalarini to‘plamga yoyish to‘g‘risidagi xulosa nimalarga bog‘liqdir?
13.Tanlama to‘plam natijalarini bosh to‘plamga yoyishda qanday usulardan foydalaniladi?
14.Tuzatma tushunchasi qachon qo‘laniladi?
15.Tanlab kuzatish usulining amaliyotda qo‘llanilishni aytib bering.
Mavzu. «KORRELYATSION-REGRESSION TAHLIL” REJA
1. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning turlari, shakllari va bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari
2. O‘garuvchan belgilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tahlil qilishda korrelyatsiya nazariyasining qo‘llanilishi
3. Regressiya tenglamasi statistik bog‘lanishlar analitik ifodasining asosiy shakli
4. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar zichlik ko‘rsatkichlari
5. Ko‘p omilli korrelyatsiya to‘g‘risida tushuncha
1. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning turlari, shakllari va bog‘lanishlarni o‘rganishning asosiy usullari Tabiat va jamiatdagi barcha hodisalar va jarayonlar bir - biri bilan uzviy ravishda bog‘langan bo‘lib, bu hodisa va jarayonlardan birining o‘zgarishi, albatda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi.
Belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarning xarakteriga qarab funksional va korrelyatsion bog‘lanishlarga bo`linadi.
Bog‘lanishlar yo‘nalishiga qarab esa, to‘g‘ri va teskari bog‘lanishlarga bo‘linadi. Analitik ifodalarning ko‘rinishlariga qarab bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishlarga va egri chiziqli bog‘lanishlarga bo‘linadi.
Bir o‘zgaruvchan belgining har bir qiymatiga boshqa o‘zgaruvchan belgining aniq bitta qiymati mos keluvchi bog‘lanishlarga funksional bog‘lanishlar deb aytiladi. Funksional belgilarning eng muxim xususiyati shundaki, bunday bog‘lanishlarda barcha omillarning to‘liq ro‘yxatini, ularning natijaviy belgi bilan bog‘lanishini to‘liq ifodalovchi tenglamasini yozish mumkin.
Funksional bog‘lanishlarni sxematik tarzda quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin: