4. Tanlab kuzatish natijalarini baholash va ularni bosh to‘plamga yoyish Tanlama kuzatish bosqichining eng so‘ngi bosqichi bo‘lib, kuzatish natijasida olingan natijalarni bosh to‘plamga yoyish bo‘lib hisoblanadi.
Biroq, ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o‘rganishda, ko‘p hollarda bu jarayondan ilgari olingan natijalarni bosh to‘plamga yoyish mumkinligi nuqtai nazaridan kuzatish natijalari baholanadi.
To‘plamga yoyish to‘g‘risidagi hulosa ma’lum darajada tanlab kuzatishning sifatiga, uning eng avvalo to‘liq qamrab olinganligiga bog‘liqdir.To‘liqligi esa bosh to‘plam tiplari yoki guruhlarining birliklari qay darajada qamrab olinganligiga bog‘liq.
Lekin, faqatgina tanlash uchun olingan ma’lumotlarning sifatini tahlil qilish bilangina chegaralanib qolinmaydi, balki to‘plangan ma’lumotlarni bosh to‘plamga yoyish mumkinligini asoslab berishda nisbiy xatoni ham e’tiborga olish muhimdir. Nisbiy xato quyidagicha aniqlanadi:
o`rtacha uchun:
Hissa uchun esa,
Formulalardagi Δ% - tanlashning nisbiy chegaralangan xatosi;
Δx va Δw ga – mos ravishda o‘rtacha qiymatning yoki belgi hissasining chegaralangan xatosidir.
va - mos ravishda bosh to‘plam o‘rtachasi va hissasidir.
Nisbiy xatoning miqdori shu kuzatish uchun oldindan belgilangan chegaradan oshib ketmasa, u holda olingan natijalarni bosh to‘plamga yoyish mumkin.
Bosh to‘plamga yoyishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta hisoblash yoki koffitsientlar usullaridan foydalaniladi.
Birinchi usulning mohiyati, tanlab kuzatish natijasida aniqlanilgan belgining o‘rtacha qiymatini bosh to‘plam hajmiga ko‘paytirishdan iboratdir.
Koeffitsent usulini qo‘llashda esa quyidagi formuladan foydalaniladi:
U1- hisobga olinmagan tuzatma e’tiborga olingan to‘plam soni;
U0- tuzatma e’tiborga olinmagan to‘plam soni:
u0- boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha nazorat nuqtalariga to‘plam soni;
u1 – nazorat tadbirlari asosida olingan ma’lumotlar bo‘yicha nazorat nuqtalaridagi to‘plam soni. YAlpi kuzatish ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirib tanlash imkoniyatlaridan to‘liq foydallanilmaydi. SHu bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida bu usul, masalan moliya organlari tomonidan tijorat korxonalari faoliyatini nazorat qilishning muhim vositalaridan biri bo‘lishi mumkin.
YAlpi kuzatish ma’lumotlarining to‘g‘riligini nazorat qilishda hisobga olaninmaganligi uchun tuzatma tuщunchasidan foydalaniladi.
Uni hisoblash usuli nisbatan kichik to‘plamlarni kuzatishda qo‘l keladi.
5- misol. SHahardagi tijorat do‘konlarini hisobga olishda quyidagilar aniqlandi.
Siyob nohiyasida - 2000:
Bog‘ishamol nohiyasida - 1500:
Temir yo‘l nohiyasida – 750.
YAlpi hisob ma’lumotlarining to‘g‘riligini tekshirish maqsadida kuzatilgan nohiyalarini qisman tekshirib ko‘rildi. Uning natijalari quyidagi jadvalda keltirgan (4-jadval).