Menejment va statistika


Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma mablag‘lar statistikasi ahamiyati



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə82/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

4.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma mablag‘lar statistikasi ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarish tizimi, xo‘jalik yuritish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Turli mulk shakliga asoslangan korxonalar erkin raqobat sharoitida faoliyatlarini moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun tahlil qilishlari lozim. Chunki rejali iqtisodiyotda boshqarishni asosiy masala rejani bajarishga qaratiladi, bozorli iqtisodiyotda esa raqobatda yengib chiqish uchun hamma e’tibor, foydani ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashda mavjud aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega. Buning uchun ularni doimo tahlil qilib turish lozim. Korxona aylanma mablag‘larini statistik o‘rganganda ularning hajmini hisobot davrida qanday o‘zgarganligini, korxona aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini, ulardan samarali foydalanish darajalarini aniqlash lozim.
Aylanma mablag‘larni tahlil qilish uchun asosiy manba, korxona balansi aktiv qismining II “Joriy aktivlar” bo‘limi hisoblanadi. Bu bo‘limda hisobot yili boshiga va oxiriga quyidagi aylanma mablag‘lar qoldig‘i ko‘rsatiladi:
ishlab chiqarish zahiralari, chorva mollar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari, hisob-kitobdagi debitorlardagi mablag‘lar.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan tashqari, buxgalteriya hisoboti boshqa shakllari, statistik hisobot, auditor tekshiruvi ma’lumotlari, inventarizatsiya va boshqa ma’lumotlardan ham foydalanish zarur.
Korxona aylanma mablag‘larini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilib, xulosa va takliflar qilish lozim.
Bu takliflar amalda qo‘llansa korxonalar moliyaviy ahvoli mustahkamlanib, raqobatga bardoshli bo‘ladi.
Umuman aylanma mablag‘larni o‘rganganda qilishda, ularning holati, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni, hamda aylanma mablag‘lardan samarali foydalanganlikni o‘rganish lozim.
Aylanma mablag‘lar holatini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:
- aylanma mablag‘larning ma’lum sanaga umumiy summasi;
- aylanma mablag‘larning umumiy mablag‘lardagi hissasi;
- aylanma mablag‘lar tarkibida pul mablag‘lari hissasi;
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi zahiralar va harajatlar hissasi;
- aylanma mablag‘lar tarkibida debitorlik qarzlar hissasi.
Korxona aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini:
- aylanma mablag‘lar belgilangan me’yorlarining haqqiqiy miqdori
bilan ta’minlanganlik koeffitsienti;
- korxona asosiy vositalariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar;
- korxona xodimlariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar kabi ko‘rsatkichlar ifodalaydi..
Korxona aylanma mablag‘larining foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik tezligi (kunlarda);
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsienti yoki har bir so‘m aylanma mablag‘lar korxona faoliyati davomida necha marta aylanganligi;
- aylanma mablag‘lar rentabelligi;
- aylanma mablag‘lar daromadliligi;
- debitor qarzlarning aylanuvchanlik koeffitsienti;
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi o‘z mabalag‘lar hissasi.
Korxona aylanma mablag‘lar tahlilida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi sxemada berilgan.



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin