3.1. Asosiy vositalarni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar Korxonalar asosiy vositalarining holati va foydalanish samaradorligini o‘rganishda ko‘pgina ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar tizimini 3 guruhga :
- asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
- asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;
- asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga bo‘lish mumkin.
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘z navbatida quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.
- asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi hissasi;
- asosiy vositalar faol qismining asosiy vositalarning umumiy summasidagi ulushi;
- asosiy vositalar eskirish koeffitsienti;
- asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti;
- asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti;
- asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti.
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin:
- korxonaning fond bilan qurollanganlik darajasi;
- faoliyat natijalarining fondlardagi sig‘imi;
- korxona o‘z mablag‘larining asosiy vositalar bilan
ta’minlanganligi;
- korxona xodimlarining (ishchilarning) texnika bilan
ta’minlanganligi va boshqa ko‘rsatkichlar.
Korxonaning asosiy vositalardan samarali foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar bilan ifodalash mumkin.
- asosiy vositalarning qaytimi ya’ni har bir so‘m asosiy
vositalarga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligi;
- asosiy vositalarning daromadliligi;
- asosiy vositalarning rentabelligi (foydaliligi).
Korxonaning asosiy vositalarini o‘rganishda buxgalteriya hisobi va hisoboti, biznes- reja, statistik hisobot ma’lumotlari, hamda audit. soliq idoralari, tekshiruv ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalaridan foydalaniladi. ayniqsa buxgalteriya hisoboti ma’lumotlaridan: shakl № 1 “Buxgalteriya balansi”, shakl № 2 “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”, juda zarur hisoblanadi.
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblashda analitik hisob ma’lumotlaridan ham foydalanish lozim.
Korxona asosiy vositalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini qo‘yidagi sxemada3 berilgan.