3.3 Korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi statistikasi
Korxonalarda faoliyatni rivojlantirish uchun asosiy vositalar yetarli darajada bo‘lish lozim.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilganda, korxona xodimlarining asosiy vositalarning faol qismi bilan qanday ta’minlanganligi katta ahamiyatga ega. Chunki ishchilar qanchalik mehnat qurollari bilan yaxshi va to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, shuncha mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi. Xodimlarning fond bilan qurollanganlik darajasi (Fq) asosiy vositalarning faol qismi summasining xodimlar soniga nisbati bilan topiladi va har bir xodimga qanchalik asosiy vositalarning faol qismi summasi to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
AV faol qismi
Fq = ---------------------------:
Xodimlar soni
Korxona faoliyati natijalarining miqdoriga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalar sig‘imi asosiy vositalar summasining natija ko‘rsatkichlariga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich korxona faoliyat natijalariga (ishlab chiqarilgan mahsulot, tovaroborot, foyda va shu kabilar) qanchalik asosiy vositalar to‘g‘ri kelishini bildiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikada qanchalik kamayib borsa, shunchalik yaxshi.
A . V
F-lik = ------------
Q
Korxona o‘z mablag‘larining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi asosiy vositalar summasini o‘z mablag‘lari summasiga nisbati bilan aniqlanadi va o‘z mablag‘larining har bir so‘miga qancha asosiy vositalar to‘g‘ri kelishini bildiradi.
A . V
O‘zt = ------------
O‘m
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash yo‘llari quyidagi sxemada ko‘rsatilgan.
Asosiy vositalar (av) bilan ta’minlanganlikni
ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash yo‘llari
Fond bilan
qurolanganlik darajasi (Fq)
|
|
Natijaning (mahsulot, tovar oboroti va h.k.) fondliligi (Flik)
|
|
O‘z mablag‘larining AV lar bilan ta’minlan-ganligi (O‘zt)
|
Av.faol qismi
Fk=------------------
X.(xodimlar soni)
|
|
AV
Flik = ---------
Q
|
|
AV
O‘zt = ---------
O‘m
|
Xodimlarning AV. bilan qay daraja-da qurollanganli-gini, ya’ni 1 xo-dimga qancha AV. to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
|
|
Natija, ya’ni mahsulot, tovar oboroti, foyda kabi ko‘rsatkichlarning 1 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladigan AV. qiymati-ni ifodalaydi.
|
|
O‘z mablag‘larining 1 so‘miga qancha AV lar to‘g‘ri kelganligini. Bu ko‘rsatkich 1 dan kam bo‘lsa (O‘zt < 1) yaxshi. Agar O‘zt > 1 bo‘lsa korxona bankrot bo‘-ladi.
|
Korxonada asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlarini hisoblangan misolimizdagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, har bir xodimga yil boshida 33,3 ming so‘mlik asosiy vositalar to‘g‘ri kelsa, yil oxirida 34,3 ming so‘m to‘g‘ri kelgan ya’ni xodimlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi oshgan. Bu yaxshi ko‘rsatkich, agarda ko‘proq mahsulot mahsulot ishlab chiqarilib, mehnat unumdorligi oshgan bo‘lsa.
Asosiy vositalarning sotilgan mahsulotlardagi sig‘imi yil boshidagi 1,090 so‘mdan 0,931 so‘mga tushgan. Bu ko‘rsatkichni ham ijobiy baholash lozim, chunki har bir mahsulot ishlab chiqarish uchun kamroq asosiy vositalar foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: |