Muddati utib ketgan debitor-larning umumiy debitordagi hissasi
Ay.mabl.tarkibida o‘z mablag‘lari hissasi
4.2. Aylanma mablag‘lar holatining statistikasi Korxonalarda aylanma mablag‘larni statistik o‘rganish ularning umumiy hajmini aniqlash va uning yil davomida o‘zgarishini tahlil qilishdan boshlanadi. Aylanma mablag‘larning umumiy mablag‘lar summasiga nisbati bilan topiladi.
Ay.mabl.
AMB = -----------------------
Balans jami
Aylanma mablag‘lar tarkibidagi zaxiralar va harajatlar (3.AM) hissasi, qancha mablag‘lar zaxira va harajatlarga sarflanganini bildiradi. Bu ko‘rsatkich quyidagi hisoblanadi:
ZXM (zaxira va harajatlar)
ZAM = ----------------------------------------
A . M
3000 x 100
Aylanma mablag‘lar tarkibidagi pul mablag‘larining hissasi, korxonadagi mavjud pul mablag‘larining aylanma mablag‘lar summasiga foizlardagi nisbati bilan aniqlanadi.
Pul mablag‘lari (P.M)
PAM = --------------------------------;
Ay.mabl.
Aylanma mablag‘lar tarkibida debitor qarzlarning (DAM) hissasi, mavjud debitor qarzlarning aylanma mablag‘lar summasi foizlardagi nisbati bilan hisoblanadi.
Debitor qarzlar x 100
DAM = ------------------------------------;
Ay.mabl.
Bu ko‘rsatkich muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, debitor qarzlarning hissasi aylanma mablag‘larda qanchalik kam bo‘lsa, shunchalik yaxshi baholanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga (1999 yil 19 iyul) asosan qarz hisob-kitoblar 90 kundan o‘tsa muddati o‘tgan debitor qarzlar hisoblanadi. Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlar paydo bo‘lganligi uchun vazirliklar, idoralar, korxonalar rahbarlarining javobgarligini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahsus qaror qabul qildi.
Shuning uchun ham aylanma mablag‘lar tahlilida muddati o‘tgan debitor qarzlarning umumiy debitor qarzlardagi hissasini ham aniqlash lozim. Bu ko‘rsatkich muddati o‘tgan debitor (M.UD) qarzlar summasi umumiy debitorlik summasiga foizlarda nisbati bilan hisoblanadi.
MUD x 100
MUD = --------------------------------;
Debitor qarz
Korxona aylanma mablag‘lar tarkibidagi o‘z mablag‘lari hissasi mavjud aylanma mablag‘larining qancha qismi o‘z mablag‘lari manbai bilan qoplanganini bildiradi. Bu ko‘rsatkich o‘z mablag‘lari manbaini foizlarda aylanma mablag‘larga nisbati bilan hisoblanadi.
O‘z mablag‘lari x 100
UzAM = --------------------------------;
Ay.mabl.
Korxona aylanma mablag‘larining qanchalik ko‘p qismi o‘z mablag‘lari manbai bilan qoplansa shuncha yaxshi, shuning uchun, bizning misolda korxonaning o‘z aylanma mablag‘larining hissasi 3,2 punktga (63,8 % - 60,6 %) oshganligini ijobiy baholash lozim.