Menejment va statistika


SUG‘URTA XIZMATLARI STATISTIKASI



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə128/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

SUG‘URTA XIZMATLARI STATISTIKASI

3.1. Sug‘urta xizmatlarining mohiyati va statistika vazifalari
Sug‘urta xizmatlari deyilganda turli noxush xodisalar oqibatida (tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, zilzila va transport falokatlari va shu kabilar) yo‘qotiladigan zararlarni qoplash uchun maqsadli pul zaxiralarni (fondlarini) shaqqillantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Insonlar uz kundalik yumushlarida ishga borish va ishdan qaytish uchun transport vositalaridan foydalanadilar. Bunday turli transport vositalaridan foydalanish jarayonida baxtsiz xodisalar bo‘lmasligiga xech kim kafolatlay olmaydi. Shuning uchun ham kishilar baxtsiz hodisalar ro‘y berganda ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun o‘z hayotlarini sug‘urta qildiradilar. Faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining, fuqarolarning turli xil mol-mulklari mavjud. Bu mol-mulklarga tabiiy ofatlar (suv toshqini, zilzila) yoki yong‘in natijasida juda katta zarar yetkazilishi mumkun. Bunday hollarda kishilar yashaydigan joyi yiydigan, kiyadigan narsalardan ajralishi mumkun. Bunday vaziyatda insonlar qiyin iqtisodiy axvolga tushib qoladilar. Xo‘jalik yurutuvchi subektlarda (korxonalar, firmalalarda) tabiy ofatlar ro‘y berganda katta iqtisodiy zarar ko‘rib, faoliyatini davom ettiraolmasligi mumkun. Agarda bunday vaziyatlarda kishilar xayoti va subektlar mol-mulki sug‘urtalangan bo‘lsa, sug‘urta tashkilotlari tomonidan bu zararlar oldindan jamg‘arilgan sug‘urta jamg‘armasi mablag‘idan qoplanadi. Qadimgi Rim va Yunonistonda shaxsiy sug‘urta paydo bo‘lganligi, o‘rta dengiz orqali kemalarda tashiladigan yuklarni sug‘urta qilinganligi to‘g‘risida yozilgan. Sug‘urta xizmatlari iqtisodiy munosabatlar rivojlanib borgan sari kengayib borgan. Kapitalistik munosabatlar rivojlanib, chet mamlakatlarga tovarlar sotish kengayganligi sababli, mulklarni sug‘urtalash zaruriyati ko‘paygan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach o‘ziga xos bozor munosabatlariga o‘tish yo‘lini tanladi. Xalq xo‘jaligini juda ko‘pgina tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar xususiylashtirildi, yangidan juda ko‘p turli mulk shakliga asoslangan xo‘jalik yurituvchi su’bektlar paydo bo‘ldi. Shu bilan birgalikda O‘zbekistonning chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari rivojlandi. Agarda Respublika tashqi savdo aylanmasi 1991-yilda 2063.2 mln. AQSH dollarda bo‘lsa, 2009-yilga kelib O‘zbikistonning tashqi savdo aylanmasi 21209.6 mln. AQSH dollariga yetdi ya’ni 10 barobardan ko‘proqqa ko‘paydi. O‘zbekiston aholisi esa 28.0 mln kishidan ortdi. Aholining ko‘payishi, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosda rivojlanishi mustaqil O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlarining ham rivojlanishini taqozo qildi.
O‘zbikiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida sug‘urta xizmatlarini tashkil etish va rivojlantirish uchun xuquqiy baza yaratildi. O‘zbikiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni 2002-yil 5-aprelda qabul qilindi. Bu qonunga 2006-2010-yillarda o‘zgartirishlar kiritildi. Qonun 29 moddadan iborat bo‘lib, sug‘urta bozori ishtirokchilarining xuquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi 618 sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada islox qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sug‘urta xizmatlarining rivojlanishiga muxim dastak bo‘ldi. Sug‘urta xizmatlari xozirgi paytda sug‘urta bozorida amalga oshirilib, unda sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi sug‘urta agentlari, sug‘urta brokerlari qatnashadi. Sug‘urtalovchi O‘zbekistonda belgilangan xuquqiy asoslarga asoslanib tuzilgan maxsus sug‘urta tashkilotlari (korxonalari, kompaniyalari va shu kabilar) bo‘lib, shu xizmat bilan shug‘ulanish bo‘yicha litsenziya olgan bo‘ladi. Sug‘urta tashkilotlari o‘zlarining agentlari yordamida sug‘urtalanuvchilardan sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta badali yig‘ib, maxsus sug‘urta jamg‘armasi (fondi) tuzadi va uni ishlatadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin