Menejment va statistika


-jadval Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish hajmi dinamikasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə127/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

3.5-jadval
Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi tashish hajmi dinamikasi


Ko‘rsatkichlar


2003


2004


2010


2013


2013 yil

2003 yilga nisbatan %



soni


hissasi %

Yo‘lovchi tashish-ja’mi:


mln. kishi
shu jumladan:

3351,5

3479,2

6045,3

6989,2

100,0

208,5

Temir yo‘l transportida


15,3

15,3

14,6

17,4

0,2

113,7

Avtomobil transportida



3121,0

3294,1

5935,8

6895,1


98,5

220,9

SHahar elektr transportida



214,4

168,9

93,0

73,9


1,3

34,0

Havo transportida


0,8

0,9

1,9

2,4

x

300,0


Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Respublikada yo‘lovchilar tashish hajmi yildan-yilga ko‘payib, 2003 yildagi 3351,5 mln. kishidan 2013 yilga 6989,2 mln. kishiga, ya’ni 208,5 foizga oshgan. Yo‘lovchilar tashish asosan avtomobil va havo transport turlarida ko‘paygan. Ushbu yillarda bu transport turlari yuqori sur’atlar bilan tegishli ravishda 220,9 va 300,0% larga oshgan. Lekin shu bilan birga temir yo‘l transportida kamroq (113,7%) o’sgan va shahar elektr transportida (34,0%) ko‘proq kamaygan. SHahar elektr tarmoqlarida yo‘lovchi tashish hajmining kamayib ketishiga asosiy sabablar:

  • SHahardagi elektr kuchi bilan yuradigan tramvay, trolleybus kabi transport tarmog‘ining kengaytirilmagani, rivojlanmaganligi, ayrim Samarqand shahridagi kabi bu transport turlarining yo‘q bo‘lib, foydalanishdan chiqarilganligi;


  • SHaharlarda xususiy engil mashinalarni yo‘lovchi tashishda ko‘payib ketganligidadir;




3.6-jadval

Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichi dinamikasi



Ko‘rsatkichlar


2003


2004


2010


2013


2013 yil

2003 yilga nisbatan %


soni


hissasi,%

Yo‘lovchi aylanmasi mlrd. yo‘lovchi kishi/km:


shu jumladan:


36,2

40,1

77,2

94,7

100,0

261,2

Temir yo‘l transportida


2,1

2,0

2,9

3,7

3,7

176,2

Avtomobil transportida


29,0

32,5

67,9

83,3

88,1

287,2

SHahar elektr transportida


1,2

1,0

0,6

0,5

0,6

41,7

Havo transportida


4,0

4,5

5,8

7,2

7,6



180,0

Transport turlari bo‘yicha yo‘lovchilar tashish tarkibiga e’tibor bersak, bu borada avtomobil transporti eng katta hissani, ya’ni 98,6 foizni tashkil etar ekan. Demak, asosan yo‘lovchilar avtomobil transporti bilan tashilar ekan. Lekin keyingi yillarda sifatli vagonlarning olib kelinishi, yo‘lovchi tashuvchi yangi liniyalarning ishga tushirilishi, havo transportida yangi laynerlarning ko‘payishi hamda yangi havo yo‘llarining ochilishi bu turdagi transportlarning ham yo‘lovchilarni tashishda yuqori sur’atlar bilan rivojlanishga imkoniyat yaratadi.
Transportda yo‘lovchilarni tashish bilan bir vaqtda, ularni qancha masofaga olib borish ham muhim. SHuning uchun ham yo‘lovchilarning soni (mln. kishi) bilan bir vaqtda ularning qancha masofaga tashilganini ifodalovchi yo‘lovchi – aylanmasi muhim ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkichni Respublika miqyosida o‘rganganimizda yo‘lovchi tashish aylanmasi ushbu davrda 2 baravarga (227,6 %) o‘sganligini, ya’ni 2003 yilda 36,2 mlrd. yo‘lovchi kishi/km bo‘lgan bo‘lsa, 2013 yilda 94,7 mlrd. yo‘lovchi kishi/kmga etganligini ko‘ramiz.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha juda yuqori sur’atlar bilan avtomobil transporti rivojlangan (287,2 %), temir va havo yo‘llari transportlarida ham sezilarli rivojlanish bor (tegishli ravishda 176,2 % va 180,0 %). Ammo yuqoridagi aytilgan birinchi asosiy sabablarga ko‘ra shahar elektr transporti tarmoqlarida yo‘lovchi tashish aylanmasi kamaygan (41,7 %).
Shuni ham ta’kidlash kerakki yo‘lovchi aylanmasi ko‘rsatkichi bo‘yicha ham avtomobil transporti eng katta hissani (88,1%) tashkil etsa ham temir va havo yo‘llarining hissasi ham yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichiga qaraganda sezilarli darajadadir.
Agarda havo transportida yo‘lovchilar soni bo‘yicha tashish juda kichik hissani tashkil etsa, yo‘lovchi aylanmasida 7,6 %, temir yo‘llari ham yo‘lovchilar sonida umumiy yo‘lovchilar tashishning faqatgina 0,2 % ni tashkil etsa ham, yo‘lovchilar aylanmasida 3,7 % ni (2013 yilda) tashkil etar ekan. Bu tushunarli holdir, chunki temir va havo yo‘llari transportlari yo‘lovchilarni avtomobil transportiga nisbatan uzoq masofaga olib boradilar.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin