Menejment va statistika


A) Mutloq miqdorlarda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə132/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Menejment va statistika-fayllar.org

A) Mutloq miqdorlarda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar:
  1. Sug‘urtalangan ob’ektlar soni (sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni) – hisobot davrida sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning haqqiqiy miqdori (soni) bilan ifodalanadi. Bu ko‘rsatkichlarni N – bilan belgilash qabul qilingan (bundan keyin belgilar qavs ichida ko‘rsatiladi);


  2. Sug‘urta summasi hisobot davrida tuzilgan sug‘urta summalarining yig‘indisi (S);


  3. Talofat (zarar) ko‘rgan ob’ektlar soni – sug‘urtalash holatlari bo‘yicha zarar (talofat) ko‘rgan ob’ektlar soni (n);


  4. Talofat (zarar) ko‘rgan ob’ektlarning sug‘urta summasi (Sn);


  5. Kelib tushgan (olingan) sug‘urta to‘lovlari (V) – hisobot davrida barcha sug‘urtalangan ob’ektlardan olingan sug‘urta badallari;


  6. Sug‘urta bo‘yicha to‘langan qoplamalar (W) – bu sug‘urtalash holati yuz berganda sug‘urtalanuvchiga ko‘rilgan zararni (mulkdan, hayotdan) qoplash uchun to‘langan summa;


  7. Sug‘urta tashkilotining sug‘urtalashdan olingan yalpi daromadi (∆) - sug‘urtalanuvchilardan olingan sug‘urta badali summasi (V) bilan sug‘urtalanuvchiga to‘langan sug‘urta summasi (W) o‘rtasidagi farq.




B) Nisbiy miqdorlarda ifodalanuvchi ko‘rsatkichlar:
  1. Sug‘urtalash mumkin bo‘lgan (Nmax) ob’ektlarning sug‘urta bilan qamrab olingani – bunda sug‘urta qilingan shartnomalar sonini (N) maksimal sug‘urtalash mumkin bo‘lgan ob’ektlar soniga bo‘lib topiladi. Foizda ifodalansa 100 ga ko‘paytiriladi (d):


  2. Sug‘urta to‘lovlari to‘lash bo‘lgan holatlar soni (dc) – bu ko‘rsatkich har bir 100 sug‘urta qilingan ob’ektga qancha sug‘urta to‘lovlari to‘lash zarur bo‘lgan holatlar bo‘lishini bildiradi va sug‘urta to‘lovlari bo‘lgan holatlar sonini (n) sug‘urtalangan ob’ektlar soniga (N) bo‘lib, 100 ga ko‘paytiramiz:


  3. Sug‘urta to‘lovlarining darajasi (KCT) – bu ko‘rsatkich sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘langan summani (W), sug‘urtalanuvchilardan olingan sug‘urta badali summasiga (V) bo‘lib topiladi:


Bu ko‘rsatkich birdan kichik bo‘lsa, (.KCT <1), sug‘urta tashkiloti uchun ijobiy hisoblanadi.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin