Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish tashkiloti
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
- xizmatlarni sotishdan tushgan daromadlar;
- shu jumladan: - kollektiv joylashtirish vositalarini foydalanishdan tushgan daromadlar;
- qo‘shimcha pullik xizmatlar hisobiga tushgan daromadlar;
- sayyohlik xizmatlari eksporti.
Sarf harajatlar jami: ulardan turistik xizmatlar ko‘rsatish harajatlari.
Bu ma’lumotlarni turizm faoliyati tibaln shug‘ullanuvchi firmalar statistika organlariga quyidagi hisoblar orqali boradilar:
1. 2-tur shakli. «Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida hisobot» - choraklik, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining 2006 yil 1 dekabr 15-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
2. 1-tur shakli. «Mikrofirma va kichik korxonalarning hisoboti» - choraklik va yillik davrda tasdiqlangan.
«Mikrofirma va kichik korxonalarning hisoboti»ning choraklik shakli 5-bo‘limdan iborat bo‘lib, mehnat ko‘rsatkichlari, umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar qancha sayyohlarga xizmat ko‘rsatilganligi, sayyohlarni joylashtirish vositalarining turlari va o‘rinlar soni hamda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi ko‘rsatiladi.
Ushbu hisobotning yillik shakli 9-bo‘limdan iborat bo‘lib, unda sayyohlik bilan shug‘ullanuvchi mikrofirma va korxonalar faoliyatlarining barcha ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’ulmotlar beriladi.
«Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi hisobot» (2-tur shakli) 3-bo‘limdan iborat bo‘lib, unda sayyohlarga xizmat ko‘rsatishning miqdoriy ko‘rsatkichlari, kollektiv joylashtirish vositalari, hamda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari beriladi.
5.2. O‘zbekistonda turizmni rivojlanishi
O‘zbekiston turistik resurslarga boy mamlakat. Mamlakatda turistlarni jalb qiladigan tarixiy obidalar (Buxora, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqa shaharlar), tabiiy sharoitlar (Bo‘stonlik, Baxmal kabi joylar), Buyuk ajdodlarimiz joylari (Imom-al-Buxoriy, At-Termiziy, Ulug‘bek observotoriyasi kabilar) ekologiya bilan bog‘liq resurslar ko‘pdir. Shuning uchun ham O‘zbekistonga kelayotgan chet el turistlari yildan-yilga ko‘payib bermoqda. Ushbu qo‘llanmada O‘zbekiston va Samarqand viloyati bo‘yicha keyingi 10 yildagi turizmning rivojlanish ko‘rsatkichlari keltirilgan (jadval 7,8).
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni O‘zbekiston bo‘yicha 2000 yilda – 770,2 ming kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yilga kelib 870,9 ming kishiga, ya’ni 113,0 % ga ko‘paygan. Samarqand viloyati bo‘yicha bu ko‘rsatkich 2000 yildagi 51,1 ming kishidan 2009 yilga – 130,9 ming kishiga, ya’ni 256,0 % ga ko‘paygan.
Turistlarga ko‘rsatilgan xizmatalr hajmi O‘zbekiston bo‘yicha 2000 yildagi 6882,1 mln. so‘mdan, 2009 yilga 93303,4 mln. so‘mga ko‘paygan, ya’ni 10 baravardan ko‘proqqa o‘sgan. Samarqand viloyati bo‘yicha turistlarga xizmatalr ko‘rsatish hajmi 2000 yildagi 1,4 mln. so‘mdan 13348,5 mln. so‘mga ko‘paygan. Turistalrga ko‘rsatilagn xizmatlar hajmining bunchalik yuqori sur’atlar bilan ko‘payishiga ko‘pgina omillar ta’sir qilgan. Bularning asosiysi quyidagilardir:
turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining yildan-yilga ko‘payib borishi va xizmatalr sifatining yaxshilanib borayotganligi;
turistlarning ko‘proq muddat bo‘lishlari. Bu turistlarga ko‘rsatilgan xizmat hajmi (kishi, kunlar) ko‘rsatkichida ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston bo‘yicha 2000 yilda turistlarga 1741 ming kishi-kun xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2009 yilda bu ko‘rsatkich – qariyb 2000 ming (1999 kishi-kun) kishi kunga yetgan. Samarqand viloyati bo‘yicha 2000 yilda 113,6 ming kishi-kun xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2009 yili – 310,8 ming kishi-kun xizmat ko‘rsatilagn, ya’ni 273,5 % ga ko‘paygan;
turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmat narxlarining (tariflarining) ma’lum darajada ko‘tarilagni ham sabab bo‘lgan.
Umuman olganda, O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlar mavjud.
Xozirgi vaqtda (2013 y) Respublikamizda 539 ta mexmonxona faoliyat yuritayotgan bo’lib, ularda 28829 joylar soni mavjud. Mamlakatimizga har yili 2.0 mildan ortiq chet elik turislar kelishadi.
Dostları ilə paylaş: |